Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturining 31-bandida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Joriy yilning 4-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” maxsus kurs dasturi asosida “Tillar” kafedrasi oʻqituvchisi T.Abdulloyev tomonidan Konstitutsiya darsi tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga yangi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar qanchalik ahamiyatli ekanligi shu bilan birgalikda xalq manfaatlarini oʻzida yaqqol aks ettirishi tushuntirib berildi.