Chorshanba, 20 Dekabr 2023 17:55

Universitetimizda “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati doimiy ravishda oliygohimiz talaba-yoshlari bilan turli darajadagi uchrashuv va muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

 Joriy yilning 20-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarovning “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi. Tadbirda universitetimizning kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar bilan birgalikda prorektorlar va oliygoh professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektorining talaba-yoshlar bilan o‘tkazayotgan bu kabi ochiq va samimiy muloqotlari ular uchun motivatsiya bo‘lish birgalikda, turli taklif va tashabbuslarni, muammolarni yechishga ham xizmat qiladi,-deydi universitetimizning fransiyalik o‘qituvchisi Darius Riaziy.

Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda talaba-yoshlar turizm sohasida ta’lim olishning istiqbollari va tadbirkorlikka oid turli takliflarni o‘rtaga tashladi. Universitet prorektori ham bu kabi tashabbuslar oliygoh ma’muriyati tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi xususida gapirdi. Tadbirda talabalar uchun yana bir qulaylik davlat-xususiy sherikchilik asosida yotoqxona qurilib foydalanishga topshirilayotganligi bu mahalliy va xorijlik talabalar ayni muddao ekanligini ta’kidladi. Shuningdek tadbirda endilikda talaba-yoshlarning nazariya bilan amaliyotni o‘yg‘un ravishda olib borishlari uchun Turizm Akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va uning buguni va ertasi xususida fikrlar bildirdi. Tadbirda o‘quv yili davomida faol bo‘lgan talaba-yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.     

O'qilgan 320 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar