Joriy yilning 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi va tyutorlar tomonidan universitet talabalari uchun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi sanitariya shifokori Jo‘rayev Akbarali O‘rolovich OIV kasalligining kelib chiqish tarixi, epidemiologik vaziyat, klinikasi, yuqish yo‘llari (yotoqxonada yashovchi talabalar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, ayniqsa o‘zlarining tish yuvish shetkalari va soqol olish ustaralaridan individual foydalanishi) va profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.