Seshanba, 19 Dekabr 2023 15:24

Orzular xaritasi yoxud 2024 yildan nima kutayapmiz?

Joriy yilning 19-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva tomonidan “Orzular xaritasi” nomli ajoyib aksiya o‘tkazildi.

Orzu-istaklaringiz amalga oshishini xohlaysizmi? Ularni albatta qog‘ozga tushiring! Gap shundaki, biz o‘z o‘y-fikrlarimizni yozayotganimizda, orzu-maqsadlarimizni qayd etayotganimizda butun diqqat-e’tiborimizni shunga qaratamiz. Diqqatimiz qayerda bo‘lsa, demak energiyamizni ham o‘sha yerga yo‘naltiramiz. Bu esa ularning amalga oshishi uchun eng katta kuch hisoblanadi.

Shu maqsadda, universitet jamoasi, talabalari ham kirib kelayotgan 2024 yilda amalga oshirishni rejalashtirgan orzu-maqsadlari, niyatlari, istaklarini yozib, orzular xaritasiga ilib qo‘yishdi. Diltortar musiqa ohanglari ostida o‘tgan ajoyib tadbir barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi va bayram nafasini his etish imkonini berdi.

O'qilgan 428 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar