Seshanba, 19 Dekabr 2023 16:59

Talabalar teatrlashtirilgan tomoshalar orqali tarixni jonlantirishga harakat qilishdi

Joriy 19-dekabr kuni oliygohimiz talabalari tomonidan “Ipak yo‘li savdosi mo‘jizalari” nomli qiziqarli teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Bu tomosha nafaqat talaba-yoshlarning ijodiy ishi, balki bo‘lg‘usi arxeologlarning usta guruhi tomonidan mohirlik bilan tashkil etilgan ta'lim ko'rgazmasi sifatida ham tashkil qilindi.

Ushbu teatrlashtirilgan tomoshalarda qadimdagi “Ipak yo‘li” bozorini o‘zida aks ettirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ma’lumki, pedagogikada talabalarga ma’lum bir voqelikni yetkazib berishda teatr tomoshalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan talabalar tomonidan tashkil qilingan tomoshada “Ipak yo‘li”ning jonli o‘tmishiga yana bir nazar tashlandi. Sahna ko‘rinishlari orqali tarixda Samarqanddan Xitoyning Sian shahrigacha bo‘lgan turli sivilizatsiyalar, savdo yo‘llari tarmog‘ining faoliyati namoyish qilindi.

O'qilgan 293 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar