Payshanba, 23 Noyabr 2023 12:16

Psixologlarni birlashtirgan kun

22-noyabr kuni butun dunyoda “Xalqaro psixologlar kuni”sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 21-22-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva ham qatnashdi.   

Anjumanda butun O‘zbekistondan kelgan yuzdan ortiq psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi. Seminarning yalpi majlisida ma’ruzachilar tomonidan inson psixologiyasi, unga yondashuv usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ular yuzasidan fikr, tajriba almashildi. OTM psixologlarining maqsadli auditoriyasi sanalmish – talabalar bilan ishlashda samarali natija beradigan amaliy metodikalar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida mantiqiy fikrlash, psixologiya sohasiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini ham qiziqarli tarzda o‘tkazildi va unda “Donolar” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Seminar yakunida esa Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi o‘quv kampusi bo‘ylab info-tur o‘tkazildi. Mehmonlar universitet tarixidan so‘zlovchi unikal muzeyni tomosha qilishdi.

Universitetimiz jamoasi nomidan hurmatli psixologimiz Dildora Turdiyevani kasb bayramlari bilan chin dildan qutlaymiz va kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

O'qilgan 805 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar