×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 27 Noyabr 2023 11:02

Universitetimiz talabalari madaniy meros sohasidagi loyihalarda ishtirok etishi kutilmoqda

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizga Koreya Respublikasining EGIS Co.Ltd kompaniyasining global marketing bo‘yicha bosh direktori Kvang Se Lee va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish markazining jamoaviy ishlar bo‘yicha menejeri Bekzod Komilovlar tashrif buyurdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan O‘zbekistonda GIS va raqamli egizak texnologiyalar (digital twin technologies) asosida madaniy merosni boshqarish va ulardan foydalanish sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha ODA loyihasi ishlab chiqilayotganligi hamda ilg‘or 3D GIS va raqamli egizak texnologiyalar asosida amalga oshirilishi kutilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihaga amaliyot tarzida universitet talabalarini jalb qilish imkoniyatlari haqida o‘zaro fikr almashildi.

O'qilgan 645 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2028{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar