Universitetimizning Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov, “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri A.Odilov, “Tillar” kafedrasi mudiri T.Sultanov va O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulovlar yaqinda Turkiyaning Marmaris shahrida Alanya va Beykent universitetlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “5-Xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro kongressi”da ishtirok etishdi.
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan kongress ishtirokchilariga O‘zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi yo‘lida olib borilayotgan islohatlar, nomoddiy madaniy merosning turizmdagi o‘rni va Samarqandning turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot qilib berildi. O‘ndan ortiq davlatdan ishtirok etgan kongress qatnashchilarida so‘nggi yillarda yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar ijobiy taassurot qoldirdi.