COP20 xalqaro konferensiyasi doirasida volontyor talabalar xorijiy mehmonlar bilan birgalikda ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etdilar. Ushbu ekologik tashabbus nafaqat tabiatga foyda, balki xalqaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Talabalar va mehmonlar birgalikda barqaror kelajak yo‘lida kichik, ammo muhim qadamlardan birini amalga oshirdilar. Aksiya iliq muloqotlar, ijobiy taassurotlar va yangi tanishuvlar bilan boyitildi.