O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-martdagi 05/14-1237-sonli topshiriq xatining ijrosini yuzasidan,
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlarida ekologik madaniyatni shakillantirish, tabiatga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 273-sonli buyrugʻining ijrosi yuzasidan universitetning 2025-yil 1-avgustdagi 169-sonli buyrug‘iga asosan universitet xodimlari va talabalaridan iborat “Eko klub” tashkil etilib, “Eko klub” a’zolari o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt-yangi nafas” respublika ekochempionatining universitet bosqichi tashkil etildi. Ekochempionatda universitet xodimlari hamda faol talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Ekochempionatda universitetning quyidagi xodimlari va talaba-yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.