press

press

Seshanba, 05 Sentyabr 2023 11:02

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura bosqichiga 2023/2024 o‘quv yili qabuli natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilganlar diqqatiga!

Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilganlar Magistratura markaziga quyidagi hujjatlarni 2023-yil 15-sentyabrga qadar taqdim etishlarizni so‘raymiz:

1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;

3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;

4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);

5. Pasport asl nusxasi, (pasport kopiyasi 3 nusxada).

6. Hujjatlar uchun papka (Папка для бумаг)

    Magistratura markazi manzili: Universitet xiyoboni, 17-uy, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bosh binosi 1-qavat 116-xona.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (66) 240-86-17 / +998 93 729-90-04

Seshanba, 05 Sentyabr 2023 09:51

Abiturientlar diqqatiga!

Hurmatli abiturientlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qiladi:

Logistika (turizm)

Ijodiy sanoat

Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish)

Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash

Arxeologiya

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php   havolasi orqali 2023-yil 14-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 va undan yuqori), TOEFL (59 balldan yuqori), CEFR (B2 va undan yuqori) sertifikati talab qilinadi.

Joriy yilning 2-sentabr kuni universitetimizda Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma laboratoriyasi Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining rektori Aziz  Abduxakimov so‘zga chiqib, bugungi kunda ta’lim va turizm sohasida O‘zbekiston - Xitoy davlatlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi amaliy ishlar va loyihalarning natijadorligiga to‘xtalib o‘tdi. Tantanali tadbirda Xitoy kommunistik partiyasining Shensi provintsiyasi kotibi Chjao Yide, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Shimoli-G‘arbiy universitet vitse-prezidenti Chang Jiang so‘zga chiqib ushbu Xitoy - O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasi tashkil qilinishining ahamiyatli tomonlari haqida gapirishdi.

Ushbu yirik ilmiy loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan  Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi binosida tashkil etilmoqda. Laboratoriya biokimyoviy tadqiqotlar va hayvon suyaklarini o‘rganishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Qo‘shma laboratoriyani qurish uchun Xalqaro turizm akademiyasining 8-qavatida jami 395 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 1 mlrd. 587 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ushbu  mablag‘ evaziga 36 turdagi jami 90 dona laboratoriya jihozlari va maxsus uskunalar xarid qilingan.

Shu kunlarda Mustaqilligimizning 32 yillik bayram tadbirlari Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida keng nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarida halqimiz ushbu eng ulug‘, eng aziz bayramimizni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishayapti. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham bugun Samarqand shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning 30-avgust kuni Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan viloyat “Oqila ayollar” harakatining a’zolari, tuman  va shaharlar “Oqila ayollar” harakati yetakchilari hamda viloyat mahalla fiqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faollari bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘ziga mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 “Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida uzoq yillar mobaynida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish, Yangi O‘zbekistonda ona Vatan taraqqiyoti, farzandlar kamolаtidagi ibrati uchun samarali mehnat faoliyati bilan alohida etirofga sazovor bo‘lganlar orasida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti хotin-qizlar кengashi raisi M.Abbasova ham munosib ko‘rildi.

Payshanba, 31 Avgust 2023 16:53

Nomdor davlat stipendiyalari ko‘paydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 21-avgustdagi 376-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari 3-4-bosqich talabalari uchun amalda bo‘lgan nomdor stipendiyalar qatoriga yana ikkita nomdor stipendiyalar – jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishida Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi hamda tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha  Bobur nomli davlat stipendiyasi qo‘shildi. A’lo baholarga o‘qigan va iqtidorli talabalar ushbu yo‘nalishlardagi tanlovda qatnashishlari mumkin.

 Universitet Ilmiy tadqiqotlar bo’limi

O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yilning avgust oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga ispan va ingliz tilida kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilindi.

Ushbu kitoblar Ispan tarixi, madaniyati, turizmi, adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, professor-o‘qituvchi va talabalarimizning ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalarga oid kitob va jurnallar soni 26 ming donaga yetkazildi.

Endilikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar universitet kutubxonasida mavjud bo‘lgan ispan tilidagi kitob va jurnallardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Joriy yilning 23-avgust kuni Turkiyadagi Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, o‘zaro tajriba almashishda Turkiyadagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Shuningdek, muloqot davomida Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori Mehmet Saribiyik ham oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galereyasi hamda yaqinda oliygohimizga topshirilgan jahon tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan milliy libos bilan yaqindan tanishtirildi va mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 avgustida Oqdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 35 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

      O‘quv kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova “Turizm menejmenti” bo‘lim boshlig‘i
R.Toshniyozova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, unversitet yuristi F.Boboyev va psixolog D.Turdiyevalar tomonidan “Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni”, “Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti”, “Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

70 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar