press

press

      Hurmatli universitetimiz xotin-qizlaridan iborat professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari joriy yilning 28- sentabr kuni “Tarix va madaniy meros” kafedrasi hamda xotin-qizlar kengashi tomonidan “Xon atlas” festivali tashkil etiladi. Ushbu festivalda asrlar davomida o‘z jilosini yo‘qotmagan milliy liboslarimiz, milliy qadriyatlarimiz va milliy ananalarimiz tarannum etiladi. Universitetimizning barcha xotin-qizlari, sizlar uchun challenge e’lon qilamiz! Barchangizni milliy libosda kelishingizni kutib qolamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalarini O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida жoriy yilning 20-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich talabalari uchun, universitet tyutorlari G.Husainova, S.Abbasova, universitet boshlang‘ich tashkilot Kengashi yoshlar yetakchisi S.Haydarov, universitet Talabalar Parlamenti Prezidenti va  a’zolari tomonidan Samarqand shahri bo‘ylab amaliy sayohat tashkil etildi.

Joriy yilning 20-23-sentabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’limning blok o‘qitilishini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur o‘quv-amaliy treninglar Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi, Andijon turizm va servis kolleji hamda Xiva turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va boshqaruv xodimlari uchun kasb-hunar  ta’limi tizimiga dual ta’limning ayrim elementlarini joriy etish loyihasini amalga oshiruvchi Leo Impact Consulting GmbH kompaniyasi eksperti Lee Li NG xonim tomonidan olib borildi.

Ushbu o‘quv-amaliy treninglar 25-27-sentabr kunlari Andijon turizm va servis kollejida tashkil etiladigan amaliy laboratoriyalar negizida davom etadi.

Juma, 22 Sentyabr 2023 11:40

Abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida quyidagi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilish muddati uzaytirilganligini ma’lum qilamiz:

️ Logistika (turizm);

️ Ijodiy sanoat;

️ Turizm (faoliyat turlari boʻyicha);

️ Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;

️ Arxeologiya.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2023-yil 1-oktabriga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 va undan yuqori), TOEFL (59 balldan yuqori), CEFR (B2 va undan yuqori) sertifikati talab qilinadi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni universitetimizga Ukrainaning Xarkov milliy universiteti rektori Tatyana Kaganovskaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga universitetimizda turizm va madaniy meros sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali turizm sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash borasida fikr almashildi. Shuningdek mehmonlar universitetimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Hoffman bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Hurmatli 1-bosqich talabalari! Aziz do‘stlar! Hayotingizda quvonchli voqea yuz berdi! Mamlakatimiz maktablarining eng iste’dodli va yorqin bitiruvchilari o‘zlarining yangi qobiliyatlarini, yangi yutuqlarni namoyish etdilar va universitetimiz talabasi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lishdi!

Bu katta yutuq, ulkan muvaffaqiyat va maqsadlaringizga erishish va hayotdagi orzularingizni ro‘yobga chiqarish qanchalik muhimligining namunasidir! Siz o‘zingizning aql-idrokingiz va tinimsiz mehnatingiz bilan ushbu natijaga erishdingiz.

Sizga nafaqat ilm-fan va texnologiyalarning maksimal cho‘qqilariga erishish, balki zamonaviylikning juda dolzarb va muhim muammolarini hal qilish uchun barcha iste’dodingizni saqlab, ehtirosingizni yo‘qotmasligingizni tilaymiz!

Biz bilamizki, siz qiyin o‘qish uchun barcha kerakli fazilatlarga egasiz va bu yo‘lni munosib va muvaffaqiyatli bajarish yo‘lida tinmay mehnat qilasiz. Ushbu xalqaro universitetda ta’lim olish sizlarga yangi bilim va ko‘nikmalarni beradi va natijada siz o‘z sohangizda professional mutaxassis bo‘lib yetishasiz.

Bizning universitetimizda chuqur bilim olish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. Siz bulardan foydalanishda o‘ta qat’iyatli bo‘ling, oldinga intiling va yangi cho‘qqilarni zabt eting! Vaqt tez o‘tadi, lekin hayotning yangi qirralarini ochadigan bebaho tajribani qoldiradi. Sizga omad va omad tilaymiz!

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet boshlang‘ich tashkilot Kengashi yoshlar yetakchisi S.Haydarov “Tanishtiruv haftaligi” doirasida barcha birinchi bosqich talabalariga joriy yilning 29-mart sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra har bir oliy ta’lim muassasida talabalardan iborat bo‘lgan Kengash tuzilganligi hamda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha klublar va loyihalar tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

       Talabalar oliygohda ta’lim olish bilan birga, universitet yoshlar Kengashi tomonidan tashkillashtiriladigan turli xil tanlovlar va klublarga ham a’zo bo‘lishlari mumkinligi tushuntirildi. Bu haqida har bir yo‘nalish koordinatorlari batafsil ma‘lumotlar berishdi.

Tanishuv haftaligi tadbirlari doirasida universitet sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev 1-bosqich talabalariga yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularni ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida oliygoh suzish havzasi hamda sport zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Sportga va suzishga qiziqishi bo‘lgan talabalarni universitetimizda tashkil qilingan to‘garaklarda qatnashish taklifini bildirdi va berilgan savollarga javob qaytardi.

Seshanba, 19 Sentyabr 2023 16:02

E’LON

Hurmatli universitetimiz o‘qituvchi hamda talabalari, Sizlarni joriy yilning 20-sentabr kuni soat 13:00 da Samarqand shahridagi Konsert zalida o‘tkaziladigan jazz-blyuz jam konsert dasturiga hamda xorijlik san’atkorlar ishtirokidagi uchrashuvga taklif qilamiz.

Ushbu konsert dasturida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining musiqiy jamoasi va Moskvadan taklif yetilgan musiqachilarning o‘zlari ijro etiladigan eng ajoyib taronalarini tinglaysiz.

Konsert dasturiga marhamat qiling va bir biridan ajoyib bo‘lgan kuy va qo‘shiqlardan bahramand bo‘ling

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesitetida  “Uch avlod uchrashuvi” va  “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19-sentabr kuni, universitet talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va  “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da  mehnat faxriylari Nasiba Farmonova, Oydinoy Kobulova, Esanboy Normatov  va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan mehmonlar, nuroniylar Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuridagi o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ana shu jarayonlarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamonamiz qahramonlari haqida gapirdi.

Kelajagimiz egalari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz, istiqlol g‘oyalariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

67 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar