Joriy yilning 20-23-sentabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’limning blok o‘qitilishini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv-amaliy treninglar Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi, Andijon turizm va servis kolleji hamda Xiva turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va boshqaruv xodimlari uchun kasb-hunar ta’limi tizimiga dual ta’limning ayrim elementlarini joriy etish loyihasini amalga oshiruvchi Leo Impact Consulting GmbH kompaniyasi eksperti Lee Li NG xonim tomonidan olib borildi.
Ushbu o‘quv-amaliy treninglar 25-27-sentabr kunlari Andijon turizm va servis kollejida tashkil etiladigan amaliy laboratoriyalar negizida davom etadi.