Payshanba, 21 Sentyabr 2023 12:52

Universitetimizning xalqaro aloqalari kun sayin yuksalmoqda

Joriy yilning 21-sentabr kuni universitetimizga Ukrainaning Xarkov milliy universiteti rektori Tatyana Kaganovskaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga universitetimizda turizm va madaniy meros sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali turizm sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash borasida fikr almashildi. Shuningdek mehmonlar universitetimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Hoffman bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

O'qilgan 878 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar