press

press

"Men zo'ravonlikka qarshiman" mavzusida insholar tanloviga start berildi. Tanlovda ishtirok etish istagi bor qizlar +998997556620 raqamiga murojaat qiling.

2023-yil 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi hamda unversitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Turizm va menejment” fakulteti  talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish, ular orasidan har tomonlama yetuk, bilimli hamda mahoratli talaba-yoshlarni aniqlash maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda talaba qizlar faol ishtirok etib, berilgan savollarga javob topishga harakat qilishdi.

Payshanba, 05 Oktyabr 2023 16:05

Sport – salomatlik garovi!

Universitetda 4-oktabr sanasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi.

Do‘stona ruhda o‘tgan o‘yinlar davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan ushbu sport turi 20-asrning 20-yillaridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab “pingpong“ (fransuzcha: pingpong - koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan.

Yaqinda universitetning “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Marupova Dilfuza Davronovna 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

D.Ma’rupovaning dissertatsiya tadqiqoti so‘zning estetik xususiyatlarini tashkiliy-mazmuniy talqin qilish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirish hamda ularni rus va ingliz tillarida tahlil qilishga barqaror ustuvorlik berishga qaratilgan.

Universitet jamoasi Dilfuza Ma’rupovaning keyingi ilmiy faoliyatiga omad tilaydi.

Universitetda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, talabalar turar-joyi va o‘quv binolarida isitish tizimi barqarorligini ta’minlash, talabalar yashash sharoitining muntazam nazorati bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitet tyutori Gavxar Xusainova tomonidan 1- bosqich ijarada turuvchi 123-guruh talabalari Toshboltayeva Nilufar, Najmiddinova Setoraning hayot tarzi o‘rganildi.

Gavxar Xusainova tomonidan talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob berishligi, talabalarga turli noxush hodisalarni oldini olish maqsadida, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik bo‘yicha maslaxatlar berildi va tushuntirildi. Ular istiqomat qilayotgan xonadonda issiqlik holati, dars tayyorlash uchun yaratilgan qulayliklar hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Xonadon egalari va universitet doimiy o‘zaro aloqada bog‘lanib turishga kelishib olindi.

Chorshanba, 04 Oktyabr 2023 16:34

E’lon

2023-yil 6-oktabr soat 11:00 da universitetimizning 229-xonasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Polsha Turistik palatasi delegatsiyasi hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar va turagentliklar hamkorligida kelgusida turizm sohasida kadrlar tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkaziladi.

Barcha universitet xodimlari hamda talabalarni ushbu davra suhbatiga taklif etamiz.

Bugun “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm Menejmenti” kafedrasi tomonidan talabalar uchun Mehmonxona Biznesi bo‘yicha mehmon mutaxassis Natalya Grineva tomonidan ma’ruza tashkillashtirildi. “Movenpick Samarkand” mehmonxonasi bosh menejeri Natalya Grineva talabalarga mehmondo‘stlik olami, xalqaro mehmonxona tarmoqlari ishining o‘ziga xos jihatlari va sohada muvaffaqiyatga erishish sir-asrorlari haqida gapirib berdi. Ushbu ma’ruza mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirish, dolzarb muammolarni hal qilish uchun amaliy bilimlarni qo‘llash imkonini bergani bilan talabalar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Joriy yilning 4-oktabr kuni universitetimizga Turkiya Respublikasidagi Ataturk universiteti rektori, prof. Umar Chumakli boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda turizm sohasida малакали mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshiriliayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek Ataturk universiteti rektori, prof. Umar Chumakli ham ushbu oliy ta’lim dargohida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga yuqori baho berdi va kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashdi.

Ma’lumki, bugungi kunda universitetimiz Turkiyadagi ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. O‘zaro muloqotdan so‘ng aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan Turkiyadagi Ataturk universiteti o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Mehmonlarga universitetda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, noyob qo‘lyozmalar va Turk dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi bilan tanishtirildi. 

Talaba-qizlarning egallagan bilimlarini mustahkamlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 30-sentabr kuni viloyat musiqali drama teatrida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda viloyatda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida  jonbozlik ko‘rsatayotgan faol ustoz va murabbiylar viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ular orasida universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonovning ham borligi oliygohimiz jamoasini xursand qildi.

Jamoa nomidan universitetimiz Birinchi prorektori, prof J.Eltazarov ham  Sanjar Mardonovni qizg‘in qutladi va u kishining ta’lim tarbiya berish yo‘lida olib borayotgan ishlariga omad yor bo‘lishini tiladi.

64 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar