Joriy yilning 30-sentabr kuni viloyat musiqali drama teatrida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda viloyatda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan faol ustoz va murabbiylar viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ular orasida universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonovning ham borligi oliygohimiz jamoasini xursand qildi.
Jamoa nomidan universitetimiz Birinchi prorektori, prof J.Eltazarov ham Sanjar Mardonovni qizg‘in qutladi va u kishining ta’lim tarbiya berish yo‘lida olib borayotgan ishlariga omad yor bo‘lishini tiladi.