Chorshanba, 04 Oktyabr 2023 15:34

Universitetimiz Turkiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Joriy yilning 4-oktabr kuni universitetimizga Turkiya Respublikasidagi Ataturk universiteti rektori, prof. Umar Chumakli boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda turizm sohasida малакали mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshiriliayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek Ataturk universiteti rektori, prof. Umar Chumakli ham ushbu oliy ta’lim dargohida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga yuqori baho berdi va kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashdi.

Ma’lumki, bugungi kunda universitetimiz Turkiyadagi ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. O‘zaro muloqotdan so‘ng aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan Turkiyadagi Ataturk universiteti o‘rtasida ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Mehmonlarga universitetda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, noyob qo‘lyozmalar va Turk dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi bilan tanishtirildi. 

O'qilgan 718 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar