“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesitetida “Uch avlod uchrashuvi” va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni, universitet talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da mehnat faxriylari Nasiba Farmonova, Oydinoy Kobulova, Esanboy Normatov va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan mehmonlar, nuroniylar Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuridagi o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ana shu jarayonlarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamonamiz qahramonlari haqida gapirdi.
Kelajagimiz egalari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz, istiqlol g‘oyalariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.