Payshanba, 24 Avgust 2023 18:14

Universitetimiz yana bir qardosh turk oliygohi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 23-avgust kuni Turkiyadagi Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, o‘zaro tajriba almashishda Turkiyadagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Shuningdek, muloqot davomida Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori Mehmet Saribiyik ham oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galereyasi hamda yaqinda oliygohimizga topshirilgan jahon tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan milliy libos bilan yaqindan tanishtirildi va mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'qilgan 920 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar