press

press

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 25-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri T.Ro‘zikulov Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik bazasi, jumladan o‘quv va o‘quv amaliyot, kutubxona, kompyuter xonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun universitet huzuridagi Samarqand shahri, Turkiston ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hududida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi belgilangan. Talabalar turar joyini qurish, jihozlash,foydalanish,xizmat ko‘rsatish va qaytarish bo‘yicha xususiy tashabbuskor “Z-P-A” oilaviy korxonasi bilan universitet o‘rtasida 2023-yil 16-iyun sanasida №37-2023-sonli bitim imzolandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 25 527 529 795 so‘m bo‘lib, shundan 13 527 529 795 so‘m qismi tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan, 12 000 000 000 so‘m qismi esa davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qaroriga asosan talabalar turar joyini qurish uchun tegishli tartibda davlat subsidiyasi mablag‘lari ajratilish bo‘yicha universitet tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligiga 2023-yilning 6-iyul sanasida 810-sonli xat bilan murojaat qilindi.

2023-yilning 26-iyul sanasida davlat subsidiyasining 4 000 000 000 so‘m miqdordagi qismi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi tomonidan moliyalashtirildi va universitetning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga asosan                 2023-yilning 28-iyul sanasida 3 829 129 469 (25 527 529 795 so‘m 15%)  so‘m miqdordagi mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi 2-xatboshi hamda  2023-yil                         7-sentabrdagi №1 sonli bajarilgan ishlar dalolatnomasiga asosan 2023-yilning                 29-sentabr sanasida 4 170 870 531  so‘m miqdordagi qo‘shimcha mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Seshanba, 26 Sentyabr 2023 14:58

E’LON!

Odobi go‘zal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mas’uliyatni teran his etadigan, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan

AZIZ TALABA QIZLARIM!

Sizlarni “Zulfiya nomiagi davlat mukofoti”ning universitet bosqichiga ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tashabbusingizni kutamiz!

3-oktabr 2023-yil     Soat: 13.00        faollar zali

 UNIVERSITET XOTIN-QIZLAR KENGASHI

2023-yil 19-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida “Talaba FEST” tadbiri  o‘tkazildi.  Mazkur festival talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa, san’at  hamda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, intellektual o‘yinlar va raqs turnirlari barchaga manzur bo‘ldi. Festival tadbiri doirasida talabalar uchun KARAOKE-TIME tashkil etildi.

“Talaba FEST” tadbirida universitet talabalari o‘z iqtidorlarini namoyon etib, tashkil etilgan tanlov musobaqalarida faol ishtirok etishdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli ҳamda ko‘ngilli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini oshirish, san’atga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.  

2023-yilning 7-oktabr kuni soat 12:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining  08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 23-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari va Xitoy milliy madaniy merosi boshqarmasi raisi Janob Li Chun boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Yuqori lavozimli mehmonlarni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiev va universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha Birinchi prorektori
J.Eltazarov kutib oldi. Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiev ikki davlat o‘rtasida turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida va kelajakda kadrlar yetishtirish, hamda malaka  oshirishda Xitoylik mutaxassislarni ko‘proq jalb qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida  ta’kidladi.

Delegatsiya mehmonlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Shu o‘rinda, janob Li Chun Xitoy Hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

      Hurmatli universitetimiz xotin-qizlaridan iborat professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari joriy yilning 28- sentabr kuni “Tarix va madaniy meros” kafedrasi hamda xotin-qizlar kengashi tomonidan “Xon atlas” festivali tashkil etiladi. Ushbu festivalda asrlar davomida o‘z jilosini yo‘qotmagan milliy liboslarimiz, milliy qadriyatlarimiz va milliy ananalarimiz tarannum etiladi. Universitetimizning barcha xotin-qizlari, sizlar uchun challenge e’lon qilamiz! Barchangizni milliy libosda kelishingizni kutib qolamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalarini O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida жoriy yilning 20-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich talabalari uchun, universitet tyutorlari G.Husainova, S.Abbasova, universitet boshlang‘ich tashkilot Kengashi yoshlar yetakchisi S.Haydarov, universitet Talabalar Parlamenti Prezidenti va  a’zolari tomonidan Samarqand shahri bo‘ylab amaliy sayohat tashkil etildi.

Joriy yilning 20-23-sentabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’limning blok o‘qitilishini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur o‘quv-amaliy treninglar Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi, Andijon turizm va servis kolleji hamda Xiva turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va boshqaruv xodimlari uchun kasb-hunar  ta’limi tizimiga dual ta’limning ayrim elementlarini joriy etish loyihasini amalga oshiruvchi Leo Impact Consulting GmbH kompaniyasi eksperti Lee Li NG xonim tomonidan olib borildi.

Ushbu o‘quv-amaliy treninglar 25-27-sentabr kunlari Andijon turizm va servis kollejida tashkil etiladigan amaliy laboratoriyalar negizida davom etadi.

Juma, 22 Sentyabr 2023 11:40

Abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida quyidagi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilish muddati uzaytirilganligini ma’lum qilamiz:

️ Logistika (turizm);

️ Ijodiy sanoat;

️ Turizm (faoliyat turlari boʻyicha);

️ Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;

️ Arxeologiya.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2023-yil 1-oktabriga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 va undan yuqori), TOEFL (59 balldan yuqori), CEFR (B2 va undan yuqori) sertifikati talab qilinadi.

84 dan 97 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar