Dushanba, 25 Sentyabr 2023 09:52

Universitet huzuridagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmneti texnikumiga tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 25-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri T.Ro‘zikulov Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik bazasi, jumladan o‘quv va o‘quv amaliyot, kutubxona, kompyuter xonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

O'qilgan 697 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar