press

press

Gazetaning 2023-yil 8-iyuldagi 81 (23.802)-sonida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Shveysariya elchixonasi bilan hamorlikda “Art station by Silk Road” galereyasida “Ichki ufq: O‘zbekiston 1930-yillarda Ella Mayar suratlarida” ko‘rgazmasi tashkil etilganligi haqida maqola chop etildi.

Zarafshon gazetasi №81

Yurtimizda o‘tkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlarida Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasi Kengashi aʼzosi Kristian Grosse xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. U joriy yilning 10-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, mamlakatimizda nafaqat ko‘hna qit’a, balki butun dunyoda yetakchi sanalgan bu o‘lka bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani sir emas.

Xususan, Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasi bilan turli masalalarda muzokaralar olib borilgan. Nemis tadbirkorlari O‘zbekiston hukumatining investitsiya muhitini yaxshilash, meʼyoriy-huquqiy maydonni takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashdagi harakatlarga ijobiy baho berdi, shuningdek, respublikadagi faoliyatini kengaytirishga tayyorligini bildirgandi.

Janob Kristian Grossening universitetga tashrifi esa bu borada navbatdagi qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

Mehmonni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumot berdi.

Turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan zamonaviy universitet menda juda katta taassurot qoldirdi, - deydi Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasining Kengashi aʼzosi Kristian Grosse. Аqlli kampusda talabalarning bilim olishi, ularning yetuk mutaxassis bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston-Germaniya davlatlari o‘rtasida turizm va taʼlim sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimga maqsad qildim. Bundan tashqari, universitet haqida tahliliy maqola yozishni ham reja qilayapman.

Muloqot chog‘ida universitet maʼmuriyati olmoniyalik mutaxassis bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnunliklarini bildirdi. Yurtimiz tarixi, buguni va boshqa jihatlari haqida zarur maʼlumotlarni olishda yaqindan ko‘mak berishga kelishib olindi.

Joriy yilning 8-iyul kuni Singapur davlatining Hamkorlik tashkiloti bosh direktori janob Kong Vu Mun va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha rahbari Daisy Boon xonimdan iborat delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida, xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Mehmonlarni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va ushbu xalqaro ta’lim maskanida turizm sohasida tayyorlanayotgan yetuk kadrlar, ularga yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston-Singapur davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijalari turizm sohasida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Muloqot davomida mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional muasassalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, turizm sohasida kichik mutaxassislarni tayyorlashda amaliy ko‘mak berish kabilar xususida o‘zaro fikr almashishdi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi hamda kutubxona bilan yaqindan tanishdi. 

Joriy yilning 7-iyul kuni “Turk Dunyosi fotograflari uchrashuvi” loyihasi ishtirokchilaridan iborat bir guruh fotograflar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib, ta’lim maskani o‘quv, ilmiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi. 2018-yilda tashkil qilingan ushbu universitetda ta’lim-tarbiya uchun yaratilgan sharoitlar, Turk Dunyosi milliy liboslari hamda Usmonli Davlati arxividan topilgan siyosiy-ijtimoiy aloqalarga oid hujjatlar, Turk Dunyosi vakillari portretlari rasmlar ko‘rgazmasi va 20 mingdan ortiq kitoblar jamlanmasiga ega bo‘lgan kutubxona mehmonlarda juda katta taassurot qoldirdi.

 “Men “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati xususida ko‘p eshitganman, bugun bu yerga kelib oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lganligimdan juda xursandman”, - deydi “Turk Dunyosi fotograflari uchrashuvi” loyihasi ishtirokchisi Guler Fiday.

 Mehmonlar 7-9 iyul kunlari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, xalqimizning bugungi kundagi hayoti manzaralarini aks ettiruvchi fotosuratlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.  

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 4-bosqich bitiruvchisi Ramziddin Ergashev o‘quv yillarida olgan bilimlari, ustozlaridan rozi bo‘lgan holda o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Minnatdorchilik so‘zlari!

2019-yilni eslayman, Turizm kollejiga tegishli kampusda o‘qishni boshlagan edik. O‘sha paytda men “Ipak yo‘li” turizm vamadaniy meros xalqaro universitetida o‘qishni tashlab, Koreyaga borishni rejalashtirgan edim.

Biroq, oliygohda juda tub islohotlar, kredit tizimini joriy etilib, 5 kunlik ta’lim, innovatsion 2+1 tizimi, chet ellik o‘qituvchilarni jalb qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlar meni ushbu universitetda qolishga va yana bir semestr o‘qishga undadi. O‘sha semestr keyinchalik yillarga aylanib, meni shu kunga, ya’ni bitiruv kuniga olib borishini bilmas edim.

Keyin biz yangi aqlli kampusga o‘tdik va so‘nggi to‘rt yil davomida biz 7 million so‘mlik eski o‘quv to‘lovini to‘lashda katta imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Shunday qilib, biz juda omadlimiz, shunday emasmi?

Bilaman, kursdoshlarimga mendan bunday iltifotli so‘zlarni eshitishni kulgili deb tuyulishi mumkin, chunki muammolarga duch kelganimda, men ko‘pincha guruhimizda birinchi bo‘lib tanqid qilardim. Ammo shuni ta’kidlashim kerakki, Samarqandda bizning universitetimiz singari tanqidlarni to‘g‘ri qabul qiladigan va o‘z talabalarining mamnuniyatini oshirishga intiladigan boshqa universitet yo‘q.

Ishoning, bunday imkoniyatlar Samarqanddagi boshqa universitetlarda ham mavjud emas. Biz an’anaviy hujjatlardan  ya’ni “zachotka” yoki “konspekt” lardan ozodmiz va eng muhimi bizning universitet korrupsiya xoli –  hech bo‘lmaganda o‘qish paytida men bunga duch kelmaganman.

2019-yilgacha men birinchi bosqich talabasi bo‘lganimcha hech qachon chet elda bo‘lmaganman, hech qachon xalqaro tadbirlarda qatnashmaganman. Shunga qaramay, bu yerda to‘rt yil davomida men 8 ta mamlakatga sayohat qildim, 20 dan ortiq xalqaro tadbirlarda qatnashdim, tanlovlar va stipendiyalarni qo‘lga kiritdim. Bu mening sayohatimning qisqacha mazmuni va ishonchim komilki, ko‘plab kursdoshlarim turli sohalarda yanada ko‘proq yutuqlarga erishdilar. Ishonchim komilki, kelajakda biz yangi cho‘qqilarni zabt etishda davom etamiz.

Shunday qilib, men bir oz vaqt ajratib, rektorimizga, prorektorlarga va barcha professor-o‘qituvchilarga tinimsiz yo‘l-yo‘riq va qo‘llab-quvvatlashlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sevimli ustozlarim Farux Shukurov, Gulrux Yusupova, Umida Abduvaxobova, Taxmina Akramova, Saboxat Qurbonova, Mironshox Uktamov va Elena Salnikovalarga, shuningdek, bizga dars bergan, bizga ustozlik qilgan va yonimizda turgan barcha professorlarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Yana bir bor rahmat.

Ramziddin Ergashev

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining ochilish tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov so‘z olib, bugungi kunda tuzim sohasini rivojlantirishda professional ta’lim tizimining o‘rni va roli, sohaga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida gapirdi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, barcha tadbir ishtirokchilari ushbu texnikum o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

2018-yilda hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qisqa muddatda talabalarga xalqaro ta’lim standartlari darajasida bilim berayotganligi va ko‘plab xorijiy davlatlardan malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda nazariy bilimlar berayotganligi bilan alohida diqqatga sazovor bo‘lmoqda.

Joriy yilning 4-iyul kuni Turizm markazining “Ayvon” bazmgohida universitetning 5 yilligi hamda joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirda universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov barcha bitiruvchilarni qutlagan holda, ularning keyingi ishlarida omad tiladi.

Shuningdek tadbirda oliygoh birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va boshqalar so‘z olib, bugungi bitiruvchilar kelgusida turizm sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi. Bayram tadbirida oliygoh bilan faol hamkorlik qilgan turistik kompaniyalar va mehmonxonalar mutasaddilariga hamda o‘tgan o‘quv yilida universitet hayotida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi universitetning ikkinchi qaldirg‘ochlari bo‘lgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Chorshanba, 28 Iyun 2023 11:28

Muvaffaqiyatli Yaponiya fondi granti 2023!

“Tillar” kafedrasi mudiri PhD, dots. v.b. Tulkin Sultanov universitetga oʻquv materiallarini xarid qilish uchun Yaponiya jamgʻarmasi grantini qoʻlga kiritdi. “Yapon madaniyatini eshigingizga olib kirish” loyihasini doktor Chiharu Tsurutani va doktor Fumoto Sono yuritishdi.

Yapon tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar endi “Yapon tili va madaniyati” fanini o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan “Irodori” darsliklarini kutubxonadan olishi mumkin. “Irodori”  2020-yilda Yaponiya fondi ishlab chiqarish guruhi tomonidan ishlab chiqilgan yangi turdagi darslik bo‘lib, zamonaviy Yaponiya madaniyati va jamiyati haqida foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu imkoniyat tufayli universitet turli tadbirlar va talabalar faoliyatida foydalanish uchun “Yukata” va “Happy” nomli yapon milliy liboslarini sotib oldi. Farzona Sa’dulloyeva prezidenti bo‘lgan “Yapon tili” klubi a’zolari sentabr oyida birinchi kurs talabalarini kutib olish uchun Orientatsiya kunida ularni kiyishni intiqlik bilan kutmoqda.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar!

Sizni 2023-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan 2-son yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Ushbu yig‘ilishda “Tillar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Ablakulova Iroda Kamoldinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanishi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya va avtoreferati muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

  • O‘tkazilish kuni: 03.07.2023-yil
  • O‘tkazilish vaqti: 10:00
  • O‘tkazilish joyi: 108-xona
97 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar