press

press

O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yilning avgust oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga ispan va ingliz tilida kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilindi.

Ushbu kitoblar Ispan tarixi, madaniyati, turizmi, adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, professor-o‘qituvchi va talabalarimizning ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalarga oid kitob va jurnallar soni 26 ming donaga yetkazildi.

Endilikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar universitet kutubxonasida mavjud bo‘lgan ispan tilidagi kitob va jurnallardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Joriy yilning 23-avgust kuni Turkiyadagi Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, o‘zaro tajriba almashishda Turkiyadagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Shuningdek, muloqot davomida Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori Mehmet Saribiyik ham oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetdagi Turk Dunyosiga oid milliy liboslar galereyasi hamda yaqinda oliygohimizga topshirilgan jahon tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan milliy libos bilan yaqindan tanishtirildi va mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 avgustida Oqdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 35 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

      O‘quv kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova “Turizm menejmenti” bo‘lim boshlig‘i
R.Toshniyozova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, unversitet yuristi F.Boboyev va psixolog D.Turdiyevalar tomonidan “Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni”, “Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti”, “Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Joriy yilning 22-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi hamda guruh tyutori ishtirokida yangi o‘quv yilida talaba-qizlarni  ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida Samarqand shahrida qator mahalla fuqarolar yig‘inlaridaga xonadonlarda bo‘lishdi. Universitet mutaxassislari dastlab “Alisher Navoiy” mahallasi raisi,  hokim yordamchisi xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi,  profilaktika inspektori va nuroniylar va yoshlar bilan ishlash kengashi raisi bilan uchrashib qilinishi lozim bo‘ladigan ishlar yuzasidan fikr almashdi. Shundan so‘ng mahalladagi ijarachi xonadon egalari bilan yaqindan muloqot qilinib, uylarda talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Joriy yilning 23 avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tgan yili Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida eng yaxshi deb topilgan milliy libosni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ma’lumki, Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovida ilk bor yurtimiz vakili Nigina Faxriddinova qatnashib “Eng zo‘r milliy libos” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu yangilik dunyo ommaviy axborot vositalari orqali keng namoyish qilinib, o‘zbek xalqining qadriyatlari haqida iliq fikrlar aytildi.

     Milliy liboslar o‘zbek xalqining durdona asarlaridan biri bo‘lib, xaqiqiy ma’noda xalqimizning faxri, g‘ururi hisoblanadi. Tadbirda Samarqanddagi Turkiyaning bosh konsuli Salih Janer, Samarqand xalqaro Texnologiya universiteti rektori Yu.Abdullaev va boshqa xorijlik olimlar, san’atshunoslar va keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari  ishtirok etishdi. Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib barcha ishtirokchilar ushbu milliy libos bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek tadbir davomida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil qilinib unda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovi haqida so‘zlab berildi.

    “Egnimdagi milliy libos  va undagi naqshlar o‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, dunyoda bunaqasi takrorlanmas men uni kiyib tanlovda ishtirok etganligimdan va sahnaga chiqqanimda tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lganligim menga g‘urur baxshida etdi”,- deydi xalqaro tanlov sovrindori Nigina Faxriddinova.

        

Joriy yilning 19 avgust kuni soat “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti Abduraxmanova Aqida Fayzulla qizining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usularini takomillashtirish” mavzusidagi va  shu kunning o‘zida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Abdullayeva  Zulfiya  Izzatovnaning ham “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari mavzusidagi dissertatsiyasi ishining himoyasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-26-avgust kunlari “Tillar” kafedrasi koreys tili va madaniyati fani o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi Munira Baymatova xalqaro ta’lim va almashinuv dasturi doirasida Koreya Respublikasida amaliyot o‘tamoqda.  Ushbu dastur ushbu sohadagi mutaxassislar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Seshanba, 22 Avgust 2023 12:36

Hurmatli birinchi bosqich talabalari!!!

Joriy yilning 15-sentabriga qadar (shu kuni ham) quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini universitetning qabul komissiyasiga taqdim qilishingizni so‘raymiz:

1. Fuqarolik pasporti yoki ID-karta nusxasi (3 dona);

2. Attestat yoki diplomning asl nusxasi (ilovasi bilan)

3. Ingliz tilini (IELTS/TOEFL/CEFR) bilish to‘g‘risidagi sertifikat (asli, agar mavjud bo'lsa);

4. 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi 12 ta rasm;

5. uzbmb.uz tomonidan berilgan abituriyent ruxsatnomasi;

6. uzbmb.uz tomonidan berilgan javoblar varaqasi;

7. Konvert (1 dona);

8. Qog‘oz uchun papka.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:

+99(866) 240-67-70

+99(866) 240-86-16

+99(866) 240-67-86

+99(866) 240-86-06

Dushanba, 21 Avgust 2023 14:09

Diqqat!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti turizm sohasida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat sanasini e’lon qiladi!

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Sana: 28-avgust, 2023-yil

Vaqti: 9:00

Joyi: Universitet o‘quv binosi, 108-xona

Imtihon savollari

94 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar