×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 23 Avgust 2023 17:15

Jahon tanlovida eng yaxshi deb topilgan milliy libos “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga topshirildi

Joriy yilning 23 avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tgan yili Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida eng yaxshi deb topilgan milliy libosni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ma’lumki, Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovida ilk bor yurtimiz vakili Nigina Faxriddinova qatnashib “Eng zo‘r milliy libos” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu yangilik dunyo ommaviy axborot vositalari orqali keng namoyish qilinib, o‘zbek xalqining qadriyatlari haqida iliq fikrlar aytildi.

     Milliy liboslar o‘zbek xalqining durdona asarlaridan biri bo‘lib, xaqiqiy ma’noda xalqimizning faxri, g‘ururi hisoblanadi. Tadbirda Samarqanddagi Turkiyaning bosh konsuli Salih Janer, Samarqand xalqaro Texnologiya universiteti rektori Yu.Abdullaev va boshqa xorijlik olimlar, san’atshunoslar va keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari  ishtirok etishdi. Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib barcha ishtirokchilar ushbu milliy libos bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek tadbir davomida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil qilinib unda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovi haqida so‘zlab berildi.

    “Egnimdagi milliy libos  va undagi naqshlar o‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, dunyoda bunaqasi takrorlanmas men uni kiyib tanlovda ishtirok etganligimdan va sahnaga chiqqanimda tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lganligim menga g‘urur baxshida etdi”,- deydi xalqaro tanlov sovrindori Nigina Faxriddinova.

        

O'qilgan 1547 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1817{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar