Yangi o‘quv yili oldidan oliygohimizdagi barcha kafedralar, dekan va bo‘lim boshliqlari yangi o‘quv yiliga zarur bo‘ladigan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Oliygohimizda “Orientation week” ya’ni tanishuv haftaligi uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, uning doirasida ko‘plab ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.
Yangi o‘quv yili ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov so‘z olib, barcha yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan samimiy tabrikladi va o‘quv yilini rasman ochiq deb e’lon qildi.
Shuningdek tadbirda oliygohning o‘quv masalalari bo‘yicha prorektor prof. J.Hoffman, хorijiy o‘qituvchilardan R.Darius, Nargiz Nurulla va boshqalar ham yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan o‘quv jarayonlari xususida gapirdi.
2023-yil 31-avgust kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch boʻyicha kengash Kotibiyatining faol koʻmagida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida CICA-2023 Yoshlar taraqqiyoti forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda Turizm menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov onlayn tarzda faol qatnashib, o'z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Forumda mazmunli taqdimot nutqi hamda faol ishtirok etganligi hamda mazkur loyihani qo'llab-quvvatlaganligi uchun S.Mardonovga tashkilotchilar nomidan minnatdorchilik maktubi yuborildi. Tashakkurnoma xatida universitetimiz bilan turli shakl va sektorlarda yaqinroq aloqa va hamkorlik qilish istagi bildirilgan.
Shu kunlarda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tasarrufida tashkil etilgan “Art station by Silk Road University” galereyasining “Ichki ufq: O‘zbekiston 1930 yillarda Ella Mayar suratlarida” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimovning tashabbusi bilan 14-sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi va maktabgacha ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ushbu san’at galereyasiga amaliy ekskursiyasi tashkil qilindi. Ekskursiya 8-sentabrdan boshlanib 8-oktabrgacha davom etadi. Tadbir davomida Samarqand shahrida joylashgan barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilarining galerayaga tashrifi maqsad qilib olingan.
Joriy yilning 8-sentabr kuni prorektor professor Toni Zou, BGI Bioverse bosh direktori, Xitoy Davlat kalit laboratoriyasi direktori o‘rinbosari va Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy laboratoriya direktori, doktor Liu Xuanni qabul qildi. Bosh direktor Liu Huang va professor Zou BGI “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida arxeologiya va madaniy meros, ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalar qurish, talabalar amaliyoti, o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashdi.
BGI shtab-kvartirasi Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan bo‘lib, filiallari va tibbiy laboratoriyalari Pekin, Tyantszin, Uxan, Shanxay va Guanchjou kabi mamlakatning yirik shaharlarida joylashgan. Shuningdek, Gonkong, Evropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani va boshqa mintaqalarda ham markazlari va laboratoriyalari mavjud.
Joriy yilning 11-sentabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kendashi tomonidan oliygohda faoliyat yuritayotgan olimalar, ma’rifatparvar ayollar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan birgalikda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlari ishtirokida "XXI asr ayoli" shiori ostida “Baxtli oila formulasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida mamlakatimizdagi xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa, talaba yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadbirda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning "Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” va “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish” mavzularidagi ma‘ruzalarida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qo‘shimchalar kiritganligi xususidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek davra suhbatida Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova "Ilm saodat kaliti", “Tarix va madaniy meros kafedrasi” mudiri M.Sidikova “Madaniy meros yo’nalishiga oid to’garaklar faoliyatining ahamiyati”, unversitet axborot resurs markazi etakchi mutaxassisi A.Izbasarova “O‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron bazalari” kabi mavzularidagi ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirda oliygohimizning “Qizlarjon” va “Ledir qizlar klubi” sardorlarining klub faoliyati haqidagi fikrlari tinglanib, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlarini ham ushbu klublarga a‘zo bo‘lishlari taklif qilindi.
Bugungi kunda Samarqand shahri, Bobur Mirzo ko‘chasi 3-uy manzilida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi barpo etilmoqda. Ushbu akademiya mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada yaxshilash va turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashda muhim loyiha bo‘lib hisoblanadi. Akademiya binosida 1500 kv. m maydonda kafe va restoranlar tashkil qilish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriyati restoran biznesi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiradi.
Ijaraga berish shartlari:
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan hududdan faqatgina yuqori darajadagi ovqatlanish xizmatlari (kafe, restoran va boshqa)ni tashkil qilish uchun foydalanadi.
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan joyni balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan loyihaga muofiq o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi.
Ijaraga berilgan joy uchun tadbirkor tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash uzoq muddatga ijara to‘lovlaridan ozod qilish yo‘li bilan kompensatsiya qilinadi.
Murojaat uchun :
+998 91 544 40 07 (Akobir Sultonov)
+998 93 565 05 24 (Alisher Shamsiddinov)
Binoni fasad qismining ko‘rinishi
Restoran va kafelar uchun taklif etilgan ichki interyer dizayn
Binoning ijara uchun ajratilgan qismi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining https://my.uzbmb.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan test sinovlarida minimal saralash ball (56,7)ni to‘plagan, biroq to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarni universitet qabul kvotasi doirasida bo‘sh qolgan o‘rinlarga ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etamiz.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining platformasida ro‘yxatdan o‘tishda o‘zining tanlovi sifatida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini ko‘rsatgan bo‘lishi shart)
Abituriyentlar tomonidan murojaat etishning soʻnggi muddati 2023-yil 1-oktabr.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!
Joriy yilning 8-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm vamadaniy meros xalqaro universitetida rassom Vasiliy Zaxarskiyning turli davrlarga oid grafik asarlardan tashkil topgan “Hayot lahzalardan iborat” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma Urganch shahridagi O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Ta’kidlash joizki, ushbu muallifning ijodiy ishlari tasviriy san’atni yanada ommalashtirish, talaba yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida universitetimizga hamda Urganch shahridagi O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyiga doimiy saqlash uchun tuhfa qilingan. Tadbirda rassomning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tildi va asarlar mazmun-mohiyati yuzasidan qiziqarli fikrlar aytildi. Ko‘rgazma so‘nggida ishtirokchilar rassom qalamiga mansub ijod namunalarini tomosha qilishdi.
Joriy yilning 8-sentabr kuni reja asosida universitetimiz mutasaddilari talaba qizlarining yashash sharoitlari hamda oilalardagi ichki muhitning qay darajada shakllanganligi bilan tanishish, uy egalari bilan ushbu o’quv yili uchun ijara shartnomasi tuzishda ko‘maklashish maqsadida qator aholi xonadonlarida bo‘lishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi D.Vastayeva hamda guruh tyutori S.Abbasova bilan birgalikda universitet hududidagi ijarachi xonadon egalari bilan muloqot qilib, uylarda talaba qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ijarada yashovchi talabalarning yashash xonadonlari bilan tanishish ishlari davom etmoqda.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz