press

press

Juma, 04 Avgust 2023 12:57

Mahalla yoshlari holidan xabar olindi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

2023-yil 4-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari adashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab universitet mutasaddilari “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi, Mehrangiz Tuyg‘unova istiqomat qiladigan xonadonda bo‘lib, uning yashash tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda “Bog‘i Feruza” mahallasida yashovchi Umida Irgasheva ham o‘zini o‘zi band qilgan holda ayollar sartaroshi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Umida davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zining yashab turgan xonadonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda, hech qanday moddiy yordamga muhtoj emasligi, aksincha yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan mamnun ekanligini  ta’kidladi. Uchrashuv so‘nggida yoshlarga kitoblar tuhfa qilindi.

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko‘rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.

Jumladan, "Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov ham o’ziga biriktirilgan “Kaftarxona” mahallasida istiqomat qiladigan Nu’manova Shahlo bilan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida birinchi prorektor J.Eltazarov Sh.Nu’manovaning murojaatlarini eshitib, ularni   hal etish  yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirdi.

Ushbu yilning 24-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi.

O‘zaro muloqot davomida mazkur tashkilotning ochilish tarixi, oliy ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari, O‘zbekistonda turizm sanoatini rivojlantirishda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan  taklif qilinayotgan dasturlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan imkoniyatlar yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.

Dushanba, 24 Iyul 2023 20:27

Indoneziyalik olimlar universitetimizda

Joriy yilning 22-iyul kuni Indoneziyaning 27 ta oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor, o‘qituvchilar  Gunadarma universiteti rektori professor E.S.Margianti xonim boshchiligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek muloqot davomida Indoneziya professorlar uyushmasi vakili professor Ari Purbayanto O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Indoneziya  bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  Uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan turizm sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar ziyorat turizmi va halol turizm dasturi orqali O‘zbekistonga Indoneziyadan yanada ko‘proq turistlar oqimini yo‘naltirish lozimligini ta’kidlashdi.

Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev, “Amina travel” MCHJ rahbari S.Amonov  va boshqalar ishtirok etdi va barcha bitiruvchilarni qutlab ularning kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.

Joriy yilning 14-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022-2023 o‘quv yillarida bitirgan bir guruh bitiruvchilari bilan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullayev uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov olib bordi. Uchrashuvda so‘z olgan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullaev bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni ilm olib, yuqori marralarni egallashida barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi, shu sababli viloyat rahbariyati tomonidan ham bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishi hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash haqida gapirdi. Muloqot chog‘ida oliygohning har bir bitiruvchisi bilan alohida suhbat qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Tadbir so‘ngida viloyat hokimligidan tashrif buyurgan  mutasaddilar universitetimizning kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, joriy yilning oktabr oyida Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining majlisi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda yurtimizda ushbu yirik anjumanga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada olib borilayapti.

Joriy yilning 13-iyul kuni Jahon turizm tashkiloti ijrochi direktori Natalia Bayona boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurib, oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonni universitetning birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va boshqalar kutib oldi va oliygohda turizm sohasi uchun malakali mutaxassislar bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Mehmonlar universitet qoshidagi suv havzasi, Turk Dunyosiga oid milliy liboslar va rasmlar galeriyasi hamda 25 ming donaga yaqin kitoblar fondiga ega bo‘lgan kutubxona bilan tanishdi.

Joriy yilda amerikalik “Fullbright” dasturi yordamchisi, volontyor Chanel Nassir tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sportning lakros turini rivojlantirish maqsadida xotin-qizlardan iborat jamoa tashkil qilindi.

Ushbu yilning 6-8-iyun kunlari yoshlar ishtirokida Osiyo-tinch okeani Lakros Ittifoqi direktori Kris Gino ishtirokida universitetimizda taqdimot o‘tkazilib, master klass tashkil qilindi. Tadbirda yurtimizda sportning lakros turini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan memorandum imzolandi. Shuningdek tashkilotchilar tomonidan O‘zbekistonda sportning lakros turini yanada ommalashtirish maqsadida iqtidorli yoshlarga va yetakchi murabbiylarga sport anjomlari taqdim qilindi.

Joriy yilning 12-iyulida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali”ning ikkinchi kunida universitetimiz talabalari Sultonbek Ibragimov, Jasurbek Mirzaabdullayev hamda Shaxina Obidovalar sportning volleybol turi bo‘yicha “Turon” jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etishdi hamda final boshqichiga yo‘l olishdi. Kunning ikkinchi yarmida Qo‘qon shahridagi “Buyuk allomalar” muzeyida festival ishtirokchilari uchun sportchilar va murabbiylar ishtirokida seminar hamda biznesni tashkil etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Bundan tashqari kechki payt ishtirokchilar uchun “Xudoyorxon o‘rdasi”ga ekskursiya uyushtirildi.

Ishtirokchilar festivalning 3-kuni dasturi doirasida xalqaro kulolchilik markaziga, “Shifokor Ali Mehrigiyo Shifobaxsh” xususiy korxonasiga va “Straus” fermasiga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida yoshlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi,  hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat saboqlari hamda dorbozlar san’ati namoyishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 2023-yil 16-iyundagi 26-son yig‘ilish bayoniga asosan 11-15-iyul kunlari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti TURKSOY bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari ham ishtirok etishmoqda. Festival dasturi bo‘yicha bugun 12-iyul sanasida ishtirokchilar o‘rtasida milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Universitetimiz talabalari bugun sportning futbol, stol tennisi, volleybol turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishadi. Universitetimiz talabalariga omad tilab qolamiz.

Shuningdek, xalqaro anjumanda talabalarimiz Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy tillari davlatlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib o‘zaro fikr almashishmoqda.

96 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar