Joriy yilning 12-iyulida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali”ning ikkinchi kunida universitetimiz talabalari Sultonbek Ibragimov, Jasurbek Mirzaabdullayev hamda Shaxina Obidovalar sportning volleybol turi bo‘yicha “Turon” jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etishdi hamda final boshqichiga yo‘l olishdi. Kunning ikkinchi yarmida Qo‘qon shahridagi “Buyuk allomalar” muzeyida festival ishtirokchilari uchun sportchilar va murabbiylar ishtirokida seminar hamda biznesni tashkil etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Bundan tashqari kechki payt ishtirokchilar uchun “Xudoyorxon o‘rdasi”ga ekskursiya uyushtirildi.
Ishtirokchilar festivalning 3-kuni dasturi doirasida xalqaro kulolchilik markaziga, “Shifokor Ali Mehrigiyo Shifobaxsh” xususiy korxonasiga va “Straus” fermasiga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida yoshlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat saboqlari hamda dorbozlar san’ati namoyishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.