Joriy yilning 14-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022-2023 o‘quv yillarida bitirgan bir guruh bitiruvchilari bilan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullayev uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov olib bordi. Uchrashuvda so‘z olgan viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullaev bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni ilm olib, yuqori marralarni egallashida barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi, shu sababli viloyat rahbariyati tomonidan ham bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishi hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash haqida gapirdi. Muloqot chog‘ida oliygohning har bir bitiruvchisi bilan alohida suhbat qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Tadbir so‘ngida viloyat hokimligidan tashrif buyurgan mutasaddilar universitetimizning kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.