Ma’lumki, joriy yilning oktabr oyida Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining majlisi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda yurtimizda ushbu yirik anjumanga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada olib borilayapti.
Joriy yilning 13-iyul kuni Jahon turizm tashkiloti ijrochi direktori Natalia Bayona boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurib, oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonni universitetning birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va boshqalar kutib oldi va oliygohda turizm sohasi uchun malakali mutaxassislar bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Mehmonlar universitet qoshidagi suv havzasi, Turk Dunyosiga oid milliy liboslar va rasmlar galeriyasi hamda 25 ming donaga yaqin kitoblar fondiga ega bo‘lgan kutubxona bilan tanishdi.