Joriy yilning 22-iyul kuni Indoneziyaning 27 ta oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor, o‘qituvchilar Gunadarma universiteti rektori professor E.S.Margianti xonim boshchiligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek muloqot davomida Indoneziya professorlar uyushmasi vakili professor Ari Purbayanto O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Indoneziya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan turizm sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar ziyorat turizmi va halol turizm dasturi orqali O‘zbekistonga Indoneziyadan yanada ko‘proq turistlar oqimini yo‘naltirish lozimligini ta’kidlashdi.