Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev, “Amina travel” MCHJ rahbari S.Amonov va boshqalar ishtirok etdi va barcha bitiruvchilarni qutlab ularning kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi.