“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining suzish havzasida Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilari va yaqin mahalla yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 200 nafardan ortiq bolalar va o‘smirlar ishtirok etishdi. Sport musobaqasi yakuniga ko‘ra g‘oliblar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 17-18 avgust kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun tanlov asosida professor-o‘qituvchilik va tyutorlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi. Universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va ishga qabul kommissiyasi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlari to‘liq ingliz tilida amalga oshirildi. Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq va shaffof o‘tkazilib, nomzodlarning ingliz tilini bilish darajasi, pedagogik tajribasi va tashabbuskorligi sinovdan o‘tkazilib, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan nomzodlar tanlab olindi.
Joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizom asosida texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligida komissiya a’zolari Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlardan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilib, har bir yo‘nalish 25 balgacha baholanadi. Umumiy maksimal bal 100 balni tashkil etadi. 67 va undan yuqori balni qo‘lga kiritgan abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo’yicha 2-bosqichdan o‘qishni davom ettirishadi.
18 августа текущего года в международном университете туризма и культурного наследия “Шелковый путь” состоялись собеседования по набору тьюторов на 2023-2024 учебный год в университет. Первый проректор университета, профессор Ж.Элтазаров, заведующие кафедрами, начальники отделов, проводили собеседования полностью на английском языке. Подбор сотрудников проводился открыто и прозрачно, проверялся уровень владения английским языком, педагогический опыт и инициативность кандидатов, отбирались кандидаты с высокими знаниями и квалификацией.
Xitoy Xalq Respublikasi Pekin xalqaro ta’lim universitetining O‘zbekiston tomoniga 2023-yil 15-iyunda yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Ipak yo‘li mamlakatlari bilan madaniy meros turizmi sohasida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida joriy yilning 2-15-avgust kunlari Xitoyning Pekin, Shanhay va Sian shaharlari bo‘ylab
30 nafar ishtirokchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki haftalik “Ipak yo‘li madaniyati va turizmni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar o‘tkazilib, unda universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh ham ishtirok etishdi.
Joriy yilning 17-avgust kuni Xitoyda o‘tkazilgan ilmiy seminarda ishtirok etgan oliygohimiz professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov xalqaro ilmiy seminarda olingan nazariy bilim va ko‘nikmalar ta’lim jarayonlarida qo‘llanilishi lozimligi xususida gapirdi. Shuningdek yig‘ilishda bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari S.Samariddinov, A.Odilov, M.Yorqulov, N.Mansurova va boshqalar Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy seminardan olgan taassurotlari haqida gapirib berishdi.
Преподаватель кафедры языков нашего университета Умида Абдувахабова защитила диссертацию на соискание ученой степени доктора философии (PhD) по теме “Прагматические средства изображения человеческих ценностей в оригиналах и переводах произведений Герберта Бейтса”. Диссертационное исследование У.Абдувахабовой было направлено на изучение прагматических средств описания человеческих ценностей, изложенных в произведениях выдающегося английского литератора Герберта Бейтса, на основе стилистических и сравнительно-типологических исследований.
Коллектив нашего университета желает У.Абдувахабовой удачи в дальнейшей научной работе!
1. 2023-yilning 19-avgust kuni soat 10:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti Abduraxmanova Aqida Fayzulla qizining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usularini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
2. 2023-yilning 19-avgust kuni soat 12:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Abdullayeva Zulfiya Izzatovnaning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)”mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Joriy yilning 11-avgust kuni Turkiyaning Xatay viloyati yoshlarining Samarqand shahriga tashrifi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Dastlab mehmonlar Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “O‘zbekiston -Turkiya yoshlarining birdamligi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida qatnashdi. Ahamiyatlisi, ushbu tadbirda universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov, universitet Yoshlar yetakchisi hamda oliygohning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat volontyorlar jamoasi ham ishtirok etishdi. Davra suhbatida yoshlar siyosati, madaniyat, volontyorlik, iqlim o‘zgarishlari haqida o‘zaro fikr almashishdi. Shundan so‘ng turkiyalik yoshlar universitetimizda ham bo‘lib, ushbu oliy ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Hozirda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib turgan universitet professor-o‘qituvchilari Pekin Xalqaro Fanlar Universiteti tomonidan tashkillashtirilayotgan seminar treningda faol ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek xalqaro ilmiy seminar ishtirokchilari Xitoy davlati bo‘yicha turizm va kelishuv kengashi bosh menejeri Chang Hong tomonidan o‘tilgan xalqaro turizm yo‘nalishida brend marketingning klassik holatlari mavzusida o‘tilgan seminarda qatnashishdi.
Yevroosiyo turizm taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Nejmettin Erbakan Universitetining turizm menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qish bilan bir vaqtda Turkiyaning Antalya shahrida joylashgan 5 yulduzli mehmonxonalarda 2 yil davomida stajirovka o‘tash imkoniyati yaratildi.
Ushbu dastur orqali 2 yil ichida siz:
Talab etiladigan hujjatlar:
Arizalar talab qilinadigan hujjatlar bilan birga 2023-yil 8 avgustdan 2023-yil 21 avgustgacha undefined manzili orqali onlayn qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 99-274-96-12
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz