Xitoy Xalq Respublikasi Pekin xalqaro ta’lim universitetining O‘zbekiston tomoniga 2023-yil 15-iyunda yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Ipak yo‘li mamlakatlari bilan madaniy meros turizmi sohasida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida joriy yilning 2-15-avgust kunlari Xitoyning Pekin, Shanhay va Sian shaharlari bo‘ylab
30 nafar ishtirokchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki haftalik “Ipak yo‘li madaniyati va turizmni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar o‘tkazilib, unda universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh ham ishtirok etishdi.
Joriy yilning 17-avgust kuni Xitoyda o‘tkazilgan ilmiy seminarda ishtirok etgan oliygohimiz professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov xalqaro ilmiy seminarda olingan nazariy bilim va ko‘nikmalar ta’lim jarayonlarida qo‘llanilishi lozimligi xususida gapirdi. Shuningdek yig‘ilishda bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari S.Samariddinov, A.Odilov, M.Yorqulov, N.Mansurova va boshqalar Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy seminardan olgan taassurotlari haqida gapirib berishdi.