Joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizom asosida texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligida komissiya a’zolari Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlardan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilib, har bir yo‘nalish 25 balgacha baholanadi. Umumiy maksimal bal 100 balni tashkil etadi. 67 va undan yuqori balni qo‘lga kiritgan abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo’yicha 2-bosqichdan o‘qishni davom ettirishadi.