O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet boshlang‘ich tashkilot Kengashi yoshlar yetakchisi S.Haydarov “Tanishtiruv haftaligi” doirasida barcha birinchi bosqich talabalariga joriy yilning 29-mart sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra har bir oliy ta’lim muassasida talabalardan iborat bo‘lgan Kengash tuzilganligi hamda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha klublar va loyihalar tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Talabalar oliygohda ta’lim olish bilan birga, universitet yoshlar Kengashi tomonidan tashkillashtiriladigan turli xil tanlovlar va klublarga ham a’zo bo‘lishlari mumkinligi tushuntirildi. Bu haqida har bir yo‘nalish koordinatorlari batafsil ma‘lumotlar berishdi.
Tanishuv haftaligi tadbirlari doirasida universitet sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev 1-bosqich talabalariga yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularni ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida oliygoh suzish havzasi hamda sport zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Sportga va suzishga qiziqishi bo‘lgan talabalarni universitetimizda tashkil qilingan to‘garaklarda qatnashish taklifini bildirdi va berilgan savollarga javob qaytardi.
Hurmatli universitetimiz o‘qituvchi hamda talabalari, Sizlarni joriy yilning 20-sentabr kuni soat 13:00 da Samarqand shahridagi Konsert zalida o‘tkaziladigan jazz-blyuz jam konsert dasturiga hamda xorijlik san’atkorlar ishtirokidagi uchrashuvga taklif qilamiz.
Ushbu konsert dasturida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining musiqiy jamoasi va Moskvadan taklif yetilgan musiqachilarning o‘zlari ijro etiladigan eng ajoyib taronalarini tinglaysiz.
Konsert dasturiga marhamat qiling va bir biridan ajoyib bo‘lgan kuy va qo‘shiqlardan bahramand bo‘ling
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesitetida “Uch avlod uchrashuvi” va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni, universitet talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da mehnat faxriylari Nasiba Farmonova, Oydinoy Kobulova, Esanboy Normatov va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan mehmonlar, nuroniylar Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuridagi o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ana shu jarayonlarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamonamiz qahramonlari haqida gapirdi.
Kelajagimiz egalari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz, istiqlol g‘oyalariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.
Joriy yilnig 10-14 sentabr kunlari Bishkek shahrida “MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari“ xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forum yig‘ilishida, universitietimizning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova ishtirok etdi. Quvonarlisi, oliygohimiz bo‘lim boshlig‘i N.Abduvaxidova ushbu forumda 2024-yilda Samarqand shahriga “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti”, Toshkent shahriga “Hamdo‘stlik Yoshlar poytaxti” maqomi berilgani mavzusida ma’ruza qildi va taqdimot o‘tkazdi.
Forumda bugungi kunda O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan islohatlar xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida oliygohning xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan ko‘plab imtiyozlar haqida tushunchalar berilishi bilan birga, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari”, “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish” kabi mavzularida ma’ruza qildi.
Shuningdek tadbirda universitet xotin-qizlar kengash qoshida tashkil qilingan “Lider qizlar” klubi qizlari 1-bosqich talabalariga o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu o‘quv yiliga qabul qilingan talabalarning asosiy qismini qizlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib oliygohimizning xotin-qizlar kengashi va uning qoshidagi “Lider qizlar” klubi a’zolariga ham qator vazifalar yuklanadi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi. Ushbu noyob manbalarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov nomidan viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov topshirdi. Kitoblarni universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov qabul qilib, ushbu qimmatli manbalar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun zarur bilim manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi va viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
2023-yilning 7-oktabr kuni soat 10:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichninging 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova 1-bosqich talabalariga “Odob-axloq kodeksi”, kiyinish qoidalari va madaniyati bo‘yicha to‘laqonli ma’lumotlar berib o‘tdi. Bundan tashqari mas’ul universitet xalqaro oliygoh sifatida faoliyat olib borayotganligi, ushbu ta’lim maskanida har bir talaba o‘z madaniyati bilan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashi lozimligi xususida gapirdi va yoshlarimiz universitetda kiyinish, tashqi ko‘rinish va yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lgan holda odob-axloq tamoyillariga amal qilishi va ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidladi.
Joriy yilning 12-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistranti va xodimi Nigora Asadova Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumida ishtirok etdi. Ushbu forumda Markaziy Osiyo va Xitoyda inson huquqlari va hamkorlik sohasidagi yetakchi ekspert va faollar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, universitetimiz magistranti Nigora Asadova mamlakatimizda inson huquqlarini yuksaltirish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishi haqidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro fikr almashishga xizmat qildi.
Forum doirasida Nigora Asadova 7-11-sentabr kunlari Xitoyning Chongqing shahrida inson huquqlari bo‘yicha mahalliy mutaxassislar va faollar bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan birga, ushbu sohadagi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashabbuslar bilan tanishdi.
“Bu kabi yirik anjumanlar biz yoshlarni inson huquqlarini rivojlantirish sohasidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”-deydi universitetimiz xodimi Nigora Asadova.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz