Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Zakirova Dilnoza Sharifovna ham bor.
Universitetimiz jamoasi ham Zakirova Dilnoza Sharifovnani ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlab, u kishining kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaydi.
Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi hamkorligida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Azaldan atlas, adras matolari xalqimiz madaniyati ko‘zgusi, milliyligi belgisi bo‘lib kelgan. Ulardan tikilgan zamonaviylik hamda milliylik uyg‘unlashgan bejirim kiyimlar esa hatto xorijliklar diqqatini tortmoqda. Universitetimiz talaba-qizlari uchun bunday festivallarni tashkil etish an’anaga aylangan. Darhaqiqat bu kabi madaniy merosimiz mahsulotlari, ularning tarixi va buguni haqidagi bilimlar talaba yoshlarda mehr, g‘urur, iftixor tuyg‘usini o‘yg‘otish bilan birga, ularni asrab-avaylash, an’anani davom ettirish istagini shakllantirishi shubhasizdir.
2023-yilning 20-sentabr kuni Samarqand Konsert zalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesiteti o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida universitet professori K.Mustaev rahbarligidagi “Musiqa to’garagi” jamoasi hamda Moskvadan taklif etilgan san’atkorlar bilan hamkorlikda “ Jazz-blyuz jam” konserti tashkil qilinib unda bir biridan ajoyib taronalar ijro etildi.
2023-yilning 26-sentabr kuni Samarqand viloyati “Zakovat” klubi birinchi liga o‘yinlari boshlandi.
Ushbu o‘yinlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 6 ta jamoasi faol ishtirok etib, aksariyat savollarga to‘g‘ri javob topishga muavaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi liga g‘oliblari keyingi mavsumdan professional liga jamoalari safida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Universitetmizning bilimdon jamoalariga omad tilaymiz!
Joriy yilning 27-sentabr kuni “Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Samarqand viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov kirish so‘zi bilan ochib, barchani ushbu bayram bilan chin yurakdan qutladi.
Ma’lumki, bugungi kunga kelib turizm sohasida amalga oshirilgan islohatlar natijasida juda katta amaliy ishlarga qo‘l urildi. Soha haqiqiy ma’noda yuksalishga erishib, xorijlik va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatish darajasi oshdi.
Tadbirda turizm sohasida yil davomida faollik ko‘rsatib mehnat qilgan qator ta’lim, madaniy meros va ommaviy axborot vositalari xodimlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi “Graduation Party 2023” tadbiri ham bo‘lib o‘tdi. Unda oliygohimizda magistratura yo‘nalishida ta’lim olgan xorijlik bitiruvchi talabalarga diplomlar topshirildi.
Universitetda joriy yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil
25-maydagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va din niqobi ostida ularni radikallashtirishga urinishlarning oldini olish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbatidagi ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lsumki, bugungpi kunda yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda bu borada tizimli uchrashuvlar tashkil qilinib kelinayapti.
Shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi asosida ham ushbu yo‘nalishlardagi ishlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida akademik guruhlardagi ishlar yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida universitet “Odob axloq Kodeksi” da belgilangan kiyinish va tartib qoidalar bo‘yicha ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
27 sentyabr - Butunjahon turizm kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygoh xotin-qizlar kengashi tomonidan “Milliy liboslar kuni” tashkil etildi.
Erta tongdan barcha talaba-qizlar, ustozlar faxr bilan milliy matolarimizdan tikilgan zamonaviy uslubdagi go‘zal bejirim liboslarda universitetga tashrif buyurdilar. Oʻzgacha bayramona kayfiyat, yorqin ranglar va milliy musiqalar uygʻunligi barchaning kayfiyatiga oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi.
Hatto xorijlik mehmonlar ham bu ajoyib milliy liboslar kuni aksiyasida o‘zbek milliy liboslarini kiyishdi. An'analarimizdan hayratga tushgan xorijliklarning fikrlarini tinglab, o‘zbekligingizdan iftixor tuyasiz. Bir so‘z bilan aytganda milliy liboslarimiz xorijliklarni ham lol qoldirdi.
Milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan ushbu tadbirda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimalari va talabalari kun davomida “Butunjahon turizm kuni” hamda “Milliy liboslar kuni” tadbirlarini yuqori kayfiyatda o‘tkazishdi.
Joriy yilninig 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati, Yoshlar ishlari boshqarmasi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad, talabalar o‘rtasida volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bag‘rikenglik hamda hamjihatlilikni qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, volontyorlik orqali kam ta’minlanganlarga, ko‘p bolali oilalarga, boshpanasizlarga yordam ko‘rsatish, bemorlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, qariyalarni parvarishlash, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish hamda xayriya ishlari amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 25-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri T.Ro‘zikulov Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik bazasi, jumladan o‘quv va o‘quv amaliyot, kutubxona, kompyuter xonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun universitet huzuridagi Samarqand shahri, Turkiston ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hududida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi belgilangan. Talabalar turar joyini qurish, jihozlash,foydalanish,xizmat ko‘rsatish va qaytarish bo‘yicha xususiy tashabbuskor “Z-P-A” oilaviy korxonasi bilan universitet o‘rtasida 2023-yil 16-iyun sanasida №37-2023-sonli bitim imzolandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 25 527 529 795 so‘m bo‘lib, shundan 13 527 529 795 so‘m qismi tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan, 12 000 000 000 so‘m qismi esa davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qaroriga asosan talabalar turar joyini qurish uchun tegishli tartibda davlat subsidiyasi mablag‘lari ajratilish bo‘yicha universitet tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligiga 2023-yilning 6-iyul sanasida 810-sonli xat bilan murojaat qilindi.
2023-yilning 26-iyul sanasida davlat subsidiyasining 4 000 000 000 so‘m miqdordagi qismi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi tomonidan moliyalashtirildi va universitetning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga asosan 2023-yilning 28-iyul sanasida 3 829 129 469 (25 527 529 795 so‘m 15%) so‘m miqdordagi mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi 2-xatboshi hamda 2023-yil 7-sentabrdagi №1 sonli bajarilgan ishlar dalolatnomasiga asosan 2023-yilning 29-sentabr sanasida 4 170 870 531 so‘m miqdordagi qo‘shimcha mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz