Chorshanba, 10 Yanvar 2024 12:43

Universitetimizda “Yil sarhisobi” o‘tgan yilda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan ilmiy-innovatsion rivojlanish sohasida amalga oshirilgan ishlar misolida  

Har bir oliy ta’lim muasassasida ilmiy sohada qilingan ishlar, respublika va xalqaro miqiyosdagi jalb qilingan grantlar, amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim hisoblanadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan yilda muayyan amaliy ishlarga qo‘l urildi. Bugungi kunda universitetimizda yuqori salohiyatli ilmiy darajaga ega jami 7 nafar xorijlik va  19 nafar mahalliy (5ta fan doktori DSc, 14 nafar falsafa doktori PhD) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.

Xorijiy va respublika miqiyosidagi grantlarning jalb qilinishi:

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-2023-o‘quv yilida jami 2 878 568 433 (ikki milliard sakkiz yuz yetmish sakkiz million besh yuz oltmish sakkiz ming to‘rt yuz o‘ttiz uch ming) so‘mlik xorijiy va respublika miqiyosidagi grantlar jalb qilinib universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari tadqiqotchilari va talabalari tomonidan ilmiy ishlanma va xizmatlar ko‘rsatildi hamda ilmiy tadqiqot ishlari davomli tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Shundan 2023-yil 12-sentabr holatiga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan xalqaro va republika miqiyosidagi grantlar hisobidan 1 898 568 433 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson sakkiz million besh yuz oltmish sakkiz ming to‘rt yuz o‘ttiz uch ming) so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Universitetda respublika va xalqaro miqiyosdagi jalb qilingan grantlar, amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risida:

2022-yil 15-noyabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Northwest universiteti bilan imzolangan “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” ni tashkil etish toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasiga muvofiq o‘tgan yili “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning “One Belt One Road Foundation” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Xitoy va Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi umumiy qiymati 1 000 000 RMB (bir million yuan, 151 000 USD bir yuz ellik bir ming AQSh dollari) bo‘lgan labaratoriya jihozlari olib kelindi.

Laboratoriya biokimyoviy tadqiqotlar va hayvon suyaklarini o‘rganishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

2023-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda “O‘zbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” nomli loyiha bilan ishtirok etgan universitet “Turizm menejment” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan umumiy qiymati 980 000 000 (to‘qqiz yuz sakson million) so‘m bo‘lgan grant qo‘lga kiritildi va hozirda loyiha ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda hamda kelgusida amaliy ishlanmalar yaratish vazifasi belgilab olingan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.1.145.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyati to‘g‘risida:

2023-yil yanvar-dekabr oylarida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha jami 11 nafar tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkazildi va izlanuvchilar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy unvonini olishdi.

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tayanch doktorantlar, mustaqil-izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar faoliyati:

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim instituti tayanch doktorantura, mustaqil-izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilik shakllarida tashkil etilgan hamda bugungi kunda 25 nafar tayanch doktorantlar, 20 nafar mustaqil izlanuvchilar va 1 nafar stajor-tadqiqotchilar o‘zlarining dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot faoliyatlarini olib bormoqda.2023-yilda universiitet tadqiqotchilaridan bir nafari iqtitisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.

2023-yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan xalqaro va republika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminar-treninglarda professor-o‘qituvichlarimiz faol ishtirok etib, dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

Ilmiy sohadagi ishlarni 2024 yilda yanada rivojlantirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

O'qilgan 503 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar