“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti, “Tillar” kafedrasi mudiri Sultanov Tulkin Irgashevich 2024-yil 10-yanvarda Toyloq tumanidagi “Adas” mahallasiga borib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yigʻilishida berilgan topshiriqlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi 02/5-2826-sonli topshiriq xatiga muvofiq Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini koʻtarish va daxldorligini oshirish maqsadida mahalla fuqarolari uchun “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza oʻqidi.
Tadbirda tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Ziyodulla Avazov, “Adas” mahallasi raisi Abror Xoʻjaqulov, “Adas” mahallasi katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Zikriyo Abduraupov, Yastepa jome’ masjidi imom-xatibi Abdunabi Himmatov, 25-maktab direktori Rustam Joʻrayev, tuman madaniyat boʻlimi xodimi Murtazo Usmonov ishtirok etdi hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir doirasida dotsent T.Sultanov tomonidan yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina tashkil etildi va gʻoliblarga kitoblar sovgʻa qilindi.