Payshanba, 11 Yanvar 2024 12:44

Universitetimizda “Yil sarhisobi” Axborot-resurs markazi (kutubxona) misolida

     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi fondida 13822 nomidagi 27202 dona kitob shaklida adabiyotlar mavjud.
     Shundan o‘zbek tilida 4801 dona, rus tilida 3680 dona, ingliz tilida 10749 dona hamda boshqa tillarda 5141 dona adabiyotlar saqlanadi.
     Shakllar kesimida bosma 24371 dona, elektron 911 dona, brayl yozuvida 17 dona, audio 58 dona, fondlar kesimida o‘quv adaviyotlar 1039 dona, ilmiy adabiyotlar 1814 dona, badiiy adabiyotlar 1793 dona, xorijiy adabiyotlar 19354 dona, va boshqa adabiyotlar 371 donani tashkil etadi. Ushbu adabiyotlar universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarida ta’lim berish tillari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlanganligidan dalolat beradi.
     O‘tgan yilda universitetimiz xazinasi bo‘lgan bo‘lgan kutubxonaga hurmatli rektorimiz Aziz Abduhakimovning tashabbusi va rahbarligida qisqa vaqt ichida turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalarga oid kitoblar yetkazildi.
     2023-yil 6-mart kuni Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam topshirildi.
Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi
     12-mart kuni Bolgariya Respublikasidan kelgan delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasiga Bolgariyaning turizm va madaniy meros sohasiga oid kitoblarni topshirdi.
     30-mart kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Islombek Rustambekov tomonidan universitetga tashrifi davomida kutubxonaga o‘zining mualliflik hamda sud-huquq sohasiga oid kitoblarini topshirdi.
     28-may kuni Ipak yo‘li nashriyoti raisi Zang Xongyan xonim (O‘zbekiston), Pekin Silk Road Culture Development Co.Ltd (Xitoy) asoschilaridan biri “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi. Rais Zang tomonidan nashr etilgan Ipak yo‘li madaniyatiga oid bir qator kitoblarni universitetimizga sovg‘a qildi.
     9-iyulida oliygohimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Baymatovaning sa’yi-harakati bilan universitetimizga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida tashkil qilingan “Ta’lim markazi” tomonidan 548 dona koreys tilidagi darsliklar tuhfa qilindi.
     18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi.
     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida elektron avtomatlashtirilgan va masofadan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron kitoblar bazasi mavjud bo‘lib, Unilibrary.uz https://unilibrary.uz/ platformasiga mavjud.
     Ushbu platforma kutubxonaning kirish qismi (reception)da joylashtirilgan hamda stol shaklidagi planshetga kiritilgan. Ushbu dasturga 186974 dona adabiyotlar, 26078 dona maqolalar, 8252 dona monografiyalar, 20896 dona dissertatsiyalar kiritilgan. Bu adabiyotlarni masofadan turib o‘qish, mustaqil ta’lim olish imkoniyatni yaratadi. Bundan tashqari kutubxonaning kirish qismida kutubxonadagi barcha adabiyotlarni masofadan turib izlab topish va bu kitoblarni zaxiraga olib qo‘yish uchun alohida QR kodli izlash tizimi yaratilgan.
     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi tomonidan HEMIS dasturiga 980-dona adabiyotlar internet tarmog‘ida 17100 mb, 1 dona monografiya 12 mb, 40-dona maqolalar 80 mb, va 9 dona dissertatsiyalar 40 mb kiritilgan. HEMIS dasturi orqali universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar uchun masofadan turib o‘qish va mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.
     Axborot resurs markazida elektron kutubxona mavjud bo‘lib, unda 17 dona internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy hp rusumli kompyuterlar bilan jihozlangan. Ish vaqti mobaynida 120 nafar talaba ushbu kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
     O‘tgan yilda universitetimizning Axborot-resurs markazida turli bayram tadbirlari munosabatı bilan va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari hamda ochiq darslar tashkil qilinib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar faol ishtirok etishdi.

O'qilgan 582 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar