Joriy yilning 12-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-79-sonli Farmoyishi’’ning ijrosini ta’minlash maqsadida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida oliygoh jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi va bugungi kunda davlatimizning mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohatlar xususida gapirib barcha oliygohimizda faoliyat ko‘rsatayotgan erkaklardan iborat professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni ushbu bayram bilan qizg‘in qutladi. Shundan so‘ng yurtimiz sarhadlari tinchligini asrashda fidoyilik ko‘rsatayotgan mard o‘g‘lonlar haqidagi videolavha namoyish qilindi. Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig‘i N.Abduvoxidova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova mamlakatimizda vatan himoyasida tizimli ishlar olib borilayotganligi buning natijasi o‘laroq yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir munosabati bilan universitetimiz xotin-qizlari barcha erkaklardan iborat professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni bayram bilan qutlab ularga esdalik sovg‘alari topshirdi. Bayram tadbirida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan she’rlar o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar yangaradi.