press

press

Joriy yilninig 7-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashining “Ta‘lim tizimida хotin-qizlar faolligini oshirish bugungi kunning talabi” mavzusida birinchi yig'lishi bo'lib o'tdi.         Yig‘ilishda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, rektor maslahatchisi M.Roziqov, unversitet yuristi F.Boboyev, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova, ARM xodimasi A.Izbasarova va boshqalar tomonidan ma‘ruzalar qilindi. Notiqlar tomonidan universitetning odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati, korrupsiyaga qarshi ko'rashish,  xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek yig‘ilishda universitet xotin-qizlar maslahat kengashining ushbu  o‘quv yilidagi tarkibiy tuzilmasi, yillik ish rejasi, "Qizlarjon", "Lider qizlar” kabi klublarining nizomi tahlil qilinib, yutuqlar muammo va kamchiliklar xususida aniq taklif  va tavsiyalar berildi. 

Yig‘ilishda yangi o'quv yilida xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Payshanba, 07 Sentyabr 2023 16:55

Abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar, Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi bakalavirat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni davom etayotganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz:

- 60212200: Madaniy meros ob’yektlarini asrash

- 60220400: Arxeologiya

Buning uchun admissions.univ-silkroad.uz onlayn platformasi orqali
joriy yilning 1-oktabrigacha (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilim va malakalarni baholash agentligi (Davlat test markazi)  tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

+998933483380

+998902241442

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Chorshanba, 06 Sentyabr 2023 17:04

Turizm sohasi kundan-kunga yuksalib bormoqda

Bugungi kunda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand turizm sohasida nafaqat o‘zining tarixiy obidalari yoki asori atiqalari bilan balki bir necha asrlik anjir bog‘lariyu, hunarmandchilik maskanlari bilan ham bilan xorijlik va mahalliy sayohatchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Keyingi yillarda Samarqand shahrining “Bog‘ibaland” mahallasidagi ushbu anjirzor xorijlik mehmonlarning eng ko‘p tashrif buyuradigan manzillaridan biriga aylandi va mamlakatimizdagi birinchi turistik mahalla maqomiga ega bo‘ldi.

      Joriy yilning 6-sentabr kuni ushbu mahallaga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiev tomonidan turistik mahalla maqomini beruvchi sertifikat tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda turizm sohasi vakillari bilan birga, universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi. 

Seshanba, 05 Sentyabr 2023 11:02

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura bosqichiga 2023/2024 o‘quv yili qabuli natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilganlar diqqatiga!

Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilganlar Magistratura markaziga quyidagi hujjatlarni 2023-yil 15-sentyabrga qadar taqdim etishlarizni so‘raymiz:

1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;

3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;

4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);

5. Pasport asl nusxasi, (pasport kopiyasi 3 nusxada).

6. Hujjatlar uchun papka (Папка для бумаг)

    Magistratura markazi manzili: Universitet xiyoboni, 17-uy, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bosh binosi 1-qavat 116-xona.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (66) 240-86-17 / +998 93 729-90-04

Seshanba, 05 Sentyabr 2023 09:51

Abiturientlar diqqatiga!

Hurmatli abiturientlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qiladi:

Logistika (turizm)

Ijodiy sanoat

Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish)

Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash

Arxeologiya

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php   havolasi orqali 2023-yil 14-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 va undan yuqori), TOEFL (59 balldan yuqori), CEFR (B2 va undan yuqori) sertifikati talab qilinadi.

Joriy yilning 2-sentabr kuni universitetimizda Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma laboratoriyasi Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining rektori Aziz  Abduxakimov so‘zga chiqib, bugungi kunda ta’lim va turizm sohasida O‘zbekiston - Xitoy davlatlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi amaliy ishlar va loyihalarning natijadorligiga to‘xtalib o‘tdi. Tantanali tadbirda Xitoy kommunistik partiyasining Shensi provintsiyasi kotibi Chjao Yide, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Shimoli-G‘arbiy universitet vitse-prezidenti Chang Jiang so‘zga chiqib ushbu Xitoy - O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasi tashkil qilinishining ahamiyatli tomonlari haqida gapirishdi.

Ushbu yirik ilmiy loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan  Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi binosida tashkil etilmoqda. Laboratoriya biokimyoviy tadqiqotlar va hayvon suyaklarini o‘rganishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Qo‘shma laboratoriyani qurish uchun Xalqaro turizm akademiyasining 8-qavatida jami 395 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 1 mlrd. 587 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ushbu  mablag‘ evaziga 36 turdagi jami 90 dona laboratoriya jihozlari va maxsus uskunalar xarid qilingan.

Shu kunlarda Mustaqilligimizning 32 yillik bayram tadbirlari Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida keng nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarida halqimiz ushbu eng ulug‘, eng aziz bayramimizni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishayapti. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham bugun Samarqand shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning 30-avgust kuni Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan viloyat “Oqila ayollar” harakatining a’zolari, tuman  va shaharlar “Oqila ayollar” harakati yetakchilari hamda viloyat mahalla fiqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faollari bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘ziga mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 “Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida uzoq yillar mobaynida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish, Yangi O‘zbekistonda ona Vatan taraqqiyoti, farzandlar kamolаtidagi ibrati uchun samarali mehnat faoliyati bilan alohida etirofga sazovor bo‘lganlar orasida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti хotin-qizlar кengashi raisi M.Abbasova ham munosib ko‘rildi.

Payshanba, 31 Avgust 2023 16:53

Nomdor davlat stipendiyalari ko‘paydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 21-avgustdagi 376-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari 3-4-bosqich talabalari uchun amalda bo‘lgan nomdor stipendiyalar qatoriga yana ikkita nomdor stipendiyalar – jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishida Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi hamda tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha  Bobur nomli davlat stipendiyasi qo‘shildi. A’lo baholarga o‘qigan va iqtidorli talabalar ushbu yo‘nalishlardagi tanlovda qatnashishlari mumkin.

 Universitet Ilmiy tadqiqotlar bo’limi

93 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar