Joriy yilninig 7-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashining “Ta‘lim tizimida хotin-qizlar faolligini oshirish bugungi kunning talabi” mavzusida birinchi yig'lishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, rektor maslahatchisi M.Roziqov, unversitet yuristi F.Boboyev, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova, ARM xodimasi A.Izbasarova va boshqalar tomonidan ma‘ruzalar qilindi. Notiqlar tomonidan universitetning odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati, korrupsiyaga qarshi ko'rashish, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek yig‘ilishda universitet xotin-qizlar maslahat kengashining ushbu o‘quv yilidagi tarkibiy tuzilmasi, yillik ish rejasi, "Qizlarjon", "Lider qizlar” kabi klublarining nizomi tahlil qilinib, yutuqlar muammo va kamchiliklar xususida aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda yangi o'quv yilida xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.