Joriy yilning 17-18 avgust kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun tanlov asosida professor-o‘qituvchilik va tyutorlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi. Universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va ishga qabul kommissiyasi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlari to‘liq ingliz tilida amalga oshirildi. Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq va shaffof o‘tkazilib, nomzodlarning ingliz tilini bilish darajasi, pedagogik tajribasi va tashabbuskorligi sinovdan o‘tkazilib, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan nomzodlar tanlab olindi.