O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 2023-yil 16-iyundagi 26-son yig‘ilish bayoniga asosan 11-15-iyul kunlari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti TURKSOY bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tmoqda.
Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari ham ishtirok etishmoqda. Festival dasturi bo‘yicha bugun 12-iyul sanasida ishtirokchilar o‘rtasida milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Universitetimiz talabalari bugun sportning futbol, stol tennisi, volleybol turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishadi. Universitetimiz talabalariga omad tilab qolamiz.
Shuningdek, xalqaro anjumanda talabalarimiz Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy tillari davlatlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib o‘zaro fikr almashishmoqda.