Ushbu yilning 24-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi tashrif buyurdi. Mehmonni universitet birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi.
O‘zaro muloqot davomida mazkur tashkilotning ochilish tarixi, oliy ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari, O‘zbekistonda turizm sanoatini rivojlantirishda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilinayotgan dasturlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek Xitoy-Shanghay hamkorlik tashkilotining iqtisodiyot va savdo instituti xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi direktor o‘rinbosari Wang Zezhi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan imkoniyatlar yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.