Joriy yilning 21-26-avgust kunlari “Tillar” kafedrasi koreys tili va madaniyati fani o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi Munira Baymatova xalqaro ta’lim va almashinuv dasturi doirasida Koreya Respublikasida amaliyot o‘tamoqda. Ushbu dastur ushbu sohadagi mutaxassislar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.