Joriy yilning 19 avgust kuni soat “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch doktoranti Abduraxmanova Aqida Fayzulla qizining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usularini takomillashtirish” mavzusidagi va shu kunning o‘zida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Abdullayeva Zulfiya Izzatovnaning ham “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari mavzusidagi dissertatsiyasi ishining himoyasi o‘tkazildi.