Hujjatlar 2021-yilning 28-sentyabridan – 20-oktabrigacha qabul qilinadi
Stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 26-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun stajyor-tadqiqotchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
- Ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka)
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- Pasport nusxasi;
- 3x4 rasm, 2 dona;
Stajyor-tadqiqotchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat o‘tkazish sanasi universitet vebsaytida e’lon qilinadi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy bo‘limi
Murojaat uchun telefon: +998976143377; +998944772204
Elektron mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. ; This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.