Administrator

Administrator

14-yanvar yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   hamda  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir: 1991-yilning 31-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Shu kuni e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonot esa milliy Qurolli kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1991-yil 6-sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992-yil 3-iyul kuni Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992-yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko‘ra, davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.

Ushbu bayram, nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.

Mazkur bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2023 yilning 13 yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlari jamoasi tomonidan esdalik sovg’alar va universitet faol xodimlaridan bir guruhiga tashakkurnomalar taqdim etildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlari jamoasi barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaydi hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qoladi. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Bayramingiz muborak, azizlar!!!     

Payshanba, 12 Yanvar 2023 17:06

E’lon

Assalomu alaykum hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari.
2023-yil 18-yanvar kuni 13:00 da Universitet Faollar zalida Rossiyalik mashhur qo’shiqchi va bastakor, “Lady Blues” hamda “City Blues Project” loyihalarining tashkilotchisi, Latviya. Estoniya, Finlyandiya, Fransiya kabi bir qator xalqaro Jaz va Blues festivalllarining ishtirokchisi Lene Sheri va rok gitarist Daniil Buyanov hamda universitet musiqa guruhining O‘zbekiston Respublikasining Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan konsert dasturiga taklif etamiz.

Chorshanba, 11 Yanvar 2023 15:37

Ijarachi bo‘lmang!

Psixolog minbari

O‘zining unikal o‘quv-sog‘lomlashtirish metodikasi bilan butun dunyo bo‘ylab millionlab kishilarga sog‘lom, sifatli hayot quvonchini hadya etgan ajoyib inson, psixologiya fanlari doktori Mirzakarim Norbekovning “O‘z ustingda ishla!” kitobidan bir parchani hukmingizga havola etmoqchiman. O‘ylaymanki, siz ham sog‘lom va sifatli, eng asosiysi, baxtli hayot sari ilk qadamlarni tashlaysiz.  

Biz o‘z tanamizda xuddi ijarachidek yashaymiz, unda bo‘layotgan jarayonga munosabatimiz ham aslida shunday. Endi vaqtinchalik yashash joyimizni xususiylashtirish payti keldi, uni haqiqiy egalaridek ta’mirlashga kirishamiz.

Dastavval, bu yerda nimalar sodir bo‘layotganiga yaxshilab razm solamiz: jo‘mrakdan suv tomyapti, unitaz tiqilib, eshik osilib qolgan, deraza romlari ko‘chib ketib, yelvizak degani g‘uv-g‘uv uryapti. Bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar kam emas. Bunday ahvolda yalqovlik haqida butunlay unutib yuborish kerak. Demak, siz o‘zingizni qo‘lga olgan holda ishga kirishib, dilingizda muvaffaqiyat qozonishingizga ishonch hosil qiling. G‘alabaga bo‘lgan ishonch insonga kuch bag‘ishlaydi, uni ilhomlantiradi.

Batafsil ma’lumot – stipendiumhungaricum.hu

“Arizalar qabuli to‘g‘risida e’lon” (“Call for Applications” – hujjatlarni topshirish tartibi) bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Stipendium Hungaricum – https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ veb-saytida keltirilgan.

O‘zbekiston tomonidan muvofiqlashtiruvchi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hisoblanadi.

Vengriya hukumati tomonidan e’lon qilingan "Stipendium Hungaricum" stipendiya dasturiga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2023 yil 16 yanvar, 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti (CET)).  

Ushbu stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2023/2024 o‘quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta’lim grantlarini taqdim etadi:

20 ta o‘rin – bakalavriat;

10 ta o‘rin — bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya’ni, hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;

60 ta o‘rin – magistratura;

60 ta o‘rin – doktorantura (PhD);

20 ta o‘rin — Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun (Budapesht shahrida).

Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.

Qo‘shimcha tarzda, quyidagilarni ma’lum qilamiz:

«Arizalar qabuli to‘g‘risida e’lon» («Call for Applications»)ning 3.4.2-bandi yuzasidan ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hujjatlarni onlayn yoki qog‘oz shaklida topshirish talab etilmaydi. 

Barcha hujjatlarni onlayn formatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Tempus Public Foundation” (Vengriya tomonidan ushbu stipendiya dasturining muvofiqlashtiruvchisi) ko‘rsatgan platformaga yuborish kifoya.

Dastlabki bosqichda hujjatlar Vengriya tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilib, tanlov talablariga javob bermaydigan barcha hujjatlar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi.

“Short list” (saralanganlar ro‘yxati)ni Vengriya tomoni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan maslahatlashganidan so‘ng nomzodlarni 1 dan 170 gacha (asosiy ro‘yxat) va undan keyin 170 dan 340 gacha (zaxira) ketma-ketlikda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.

O‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror Vengriya tomonidan qabul qiluvchi Vengriya universitetlarining qarorlari asosida qabul qilinadi.

O‘qishga qabul qilayotgan Vengriya universiteti yoki koordinatorlar, lozim bo‘lganda, nomzodni onlayn intervyuga taklif qilishlari mumkin.

Nomzodlarning ro‘yxatdagi joylashuvi qat’iy ravishda ajratilgan kvotalar doirasida belgilanadi — 20 (bakalavr), 10 — (bakalavr bilan qo‘shilgan magistratura darajasi), 60 — (magistratura), 60 — (doktorantura), 20 — Jismoniy tarbiya universiteti (Budapesht shahri.).

Ro‘yxatda ketma-ketlik bo‘yicha joylashtirish (baholash) tartibi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Muhandislik-texnika, shuningdek, tibbiyot, farmasevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarga hujjat topshirganlarga imtiyoz beriladi.

Oliy ta’lim muassasada ish tajribasi, chet tillarini bilish ahamiyatga ega bo‘ladi. Imtiyoz o‘qishni 2023 yilda tugatmoqchi bo‘lganlarga emas, balki 2023 yilning 16 yanvariga qadar u yoki bu bosqichni tamomlaganlarga beriladi.

O‘z kasbiy faoliyatini respublikada, ayniqsa, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, respublika ilmiy markazlarida va shu kabi muassasalarda davom ettirmoqchi bo‘lgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Juma, 06 Yanvar 2023 16:53

Sehrli ro‘yxat

Psixolog minbari

Siz hasad (nima deyapsiz, meni kim deb o‘ylayapsiz, hasadgo‘y emasman, deguvchilar bo‘lsa, unda siz havas qiladigan odamlarning nomlarini keltirib o‘ting) qiladigan insonlarning ro‘yxatini tuzib chiqing.

Ha-ha, shunday qiling va aslo hayron bo‘lmang, Chunki hasad – juda bir qiziq, ajoyib desak ham bo‘ladi, tuyg‘u. Aynan shu tuyg‘u tufayli sizning ong osti xohish-istaklaringiz namoyon bo‘ladi. Sizda yetishmayotgan, siz orzulayotgan narsalarni ochib beradi. Shunday ekan, hasaddan unumli foydalanib, uni konstruktiv emotsiyalarga aylantirishimiz lozim.

 O‘zga insonlarda ko‘radigan jihatlarimiz – bizniki, boshqalar bizda ko‘radigani – ularniki. Atrofimizda, hayotimizda ro‘y berayotgan hamma narsa – o‘zimizning aksimiz, ifodamiz. Sizdagi zaif tomonlar, negativ jihatlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizdagi odamlarda sizni g‘ashingizni keltiradigan, jahlingizni chiqaradigan narsalarga e’tiborli bo‘ling.

Assalom alaykum!
Mana, 2022-yilning ham oxirgi kunlari, o'tib bormoqda..... Bu yilda ushalmagan orzu niyatlarga kelayotgan yilda erishaylik! Hamisha oilangizda mehr-oqibat, baxt saodat hukm sursin!
Barchaga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo'lsin!

Payshanba, 29 Dekabr 2022 09:22

STUDY IN CHINA!

Dear students! 

We invite you to a Admissions Information Meeting between Zhejiang International Studies University (ZISU) and “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage (SIUTCH)

APPLICATION GUIDELINE

1. Identity document (passport/ID card);

2. Bachelor’s degree diploma;

3. Photo 3x4;

4. CV of the applicant (contacts and e-mail of applicant for further connection);

5. Language proficiency certificate (IELTS – 6.0, TOEFL iBM – 72 score, HSK-Score);

6. Essay (plans after graduation, on the topic of “Contributing to the development of tourism(or culture) of the SCO countries”, 1-1,5 pages length).

Application Deadline: January 10, 2023.

The students academic exchange program is supported by Zhejiang International Studies University based on signed Memorandum of Understanding between "Silk Road" International University of Tourism and Cultural Heritage and Zhejiang International Studies University (ZISU), to recognize the benefits to be gained by both institutions through cooperative interactions that strengthen academic entities of both institutions.

You do not need to pay tuition fees and campus dorm fees to the host institution but will be personally responsible for other fees, including but not limiting to airfare, registration, textbook rental, health insurance, any special course fees and all personal expenses while being abroad.

 

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Raximova Nilufar  DAAD (German Academic exchange Servis) loyihasining "Sharqiy hamkorlik" dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oylik Germaniyaning Konstanz HTWGda turizm sohasida ilmiy tadqiqot yuritish imkonini qo‘lga kiritdi. Raximova Nilufarning O‘zbekistonda  turizm sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqotlari  doirasida rivojlangan mamlakat Germaniya tajribasini o‘rganib kelishi kelajakda  yurtimizda ushbu sohaning  taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

Amerika ta'lim kengashi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida FEP (Oliy ta'lim o'qituvchilarini takomillashtirish dasturi) uchun grant joriy qilgan edi. O'zbekistondan 40 nafar talabgor-g'oliblarning ichida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm menejmenti kafedrasi o'qituvchisiI S.Jumanazarov ham bor. Ushbu stajirovka o'qituvchimizgaAQSHda 4 oy davomida turizm sohasi o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish, ta'lim sifatini ko'tarish uchun xalqaro tajribani egallash imkonini beradi. SANJAR JUMANAZAROVNI DEKABR OYI DAVOMIDAGI 4 -YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ!

37 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar