Administrator

Administrator

2023 yilning 13 -fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-kurs talabalari Samarqand davlat universiteti Zoologiya muzeyi, «Buyuk ipak yo‘li: O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi» nomli ekspozitsiya hamda «Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeylariga tashrif buyurdilar.

Talabalar muzeyda tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar tanishdilar.

# “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”

# “Youth against drug addiction”

Мымолодежь против наркомании»

Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, mavzusidagi rasmlar kurgazmasi tashkil etildi !

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida  universitetda bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni universitet yetakchisi Sarvar Haydarov tomonidan talabalar oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida etakchi talabalarga  - Donor aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolishini va ular uchun yashashini doimo yodda tutadigan insonligi, donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishini ta’kidladi. Donor faqat o‘z sog‘lig‘i uchun emas, balki — boshqalarni ham ahvolidan xabardor bo‘lishini aytib o’tdi. Donorlik qilishga axd qilgan talabalarga, sog‘lig‘ini boshqalar uchun saqlashni o‘rganishlari lozimligini tushuntirdi.

Donor sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi muhimligi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Olam tiniq, Vatan obod muqaddas bu ayol birlan. Bu so‘zlar hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan. Shu sababli dunyo hamjamiyatida gender tenglik imkoniyatlarini yaratish hamda ayollar nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-yil 8-fevral kuni 11-fevral - Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish haftaligi doirasida A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-resurs markazida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmonova, A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodieva, Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova va universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) ARM xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbatida universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova “Ta’limni rivojlantirishda olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  ham bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” da o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda bir guruh volonter talabalar ko‘ngilli tarzda qon topshirishdi.

«Beg‘araz donorlik xarakati» aksiyasi munosabati bilan tashkil etilgan aksiya chog‘ida topshirilgan qon  kasallikka chalingan insonlar salomatligini tiklashga xizmatga qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Alisher Navoiyning ilmiy merosi va uning jahon adabiyotiga ta’siri beqiyosligi ta’kidlandi.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko‘plab xayriya uylari, ko‘prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lganligi yodga olindi.

Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Kонференция будет проходить онлайн через Zoom на английском языке под общей темой: "Обеспечение всеобъемлющей безопасности суверенного государства в глобализированном мире", с участием двух комитетов Палаты представителей: Мировая продовольственная программа (ВПП): Повышение устойчивости государств в рамках глобальной цепочки поставок продовольствия Экономический и Социальный Совет (ЭКОСОС): Переосмысление энергетической безопасности в условиях глобального энергетического кризиса.

Заявка на делегирование открыта до 5 марта 2023 года. Конференция также открыта для публики. Вы можете подать заявку здесь:

https://www.toyo.ac.jp/en/news/international-exchange/MUN2022/

Seshanba, 07 Fevral 2023 22:05

Qardosh Turk xalqiga hamdardlik

Ma'lumki, shu yil 6-fevral kuni Turkiya Respublikasining sharqiy qismida yuz bergan kuchli yer qimirlash tufayli 10 dan ziyod shaharlar va boshqa aholi punktlari vayron bo'ldi, 4500 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 27.000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasida bir haftalik motam e'lon qilingan. Xorijdagi Turk elchixona va konsulxonalarida ta'ziya daftarlari ochilgan va hamdardlik tadbirlari o'tkazilmoqda. Universitetimizning Birinchi prorektori prof. Jo'liboy Eltazarov 7 fevral kuni Samarqanddagi Turkiya Respublikasi konsulxonasiga tashrif buyurib, konsul Salih Janer janoblariga ''Ipak yo'li' Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomidan ta'ziya bildirdi. bu yerdagi hamdardlik daftariga qardosh turk xalqiga tinchlik va omonlik tilaklarini yozib, imzoladi.

34 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar